Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligining ogohlantiruvi, Xonto‘rayevning bayonoti, lift bosib qolgan yigit va boshqa xabarlar

Mudofaa vazirligining ogohlantiruvi, Xonto‘rayevning bayonoti, lift bosib qolgan yigit va boshqa xabarlar

Kollaj:«Xabar.uz»

Bugun,  27-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tib, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Jamiyat

Mudofaa vazirligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

Foto: «Xabar.uz» 

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar holatga keltirilgani xabar qilingandi. Mudofaa vazirligi mazkur holat yuzasidan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Hodisa

Murod Xonto‘rayevning yana pichoqlangani rad etildi

Foto: «Instagram» 

Bugun, 27-mart kuni aralash qoidali yakkakurashlar jangchisi Murod Xonto‘rayevning pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Xonto‘rayev mazkur masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqda bayonot berdi. 

Tavsiya qilamiz

DXX raisi qanday kitoblar o‘qiydi?

Yangiyerdagi qing‘ir ishning qiyig‘i bir yarim yil deganda chiqdi

Hodisa

Toshkentda 24 yoshli yigitni lift bosib qoldi (video)

Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida ishlayotgan 24 yoshli yigitni lift bosib qolgan. Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar dispetcherlik boshqarmasi xodimlari yordamida jabrlanuvchi qutqarilgan va poytaxtdagi 16-sonli klinik shifoxonaga yetkazilgan.

Chirchiq shahridagi yong‘in 4 kishining hayotini olib ketdi

27-mart kuni Chirchiq shahri «Bobur» MFY Mashar ko‘chasidagi 17-uyda yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi. Ulardan ikki nafar 8 va 12 yoshda bo‘lishgan. 

Jamiyat

Mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi GES foydalanishga topshirildi

«Tuyabo‘g‘iz» kichik gidroelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi. GESning umumiy quvvati 11,4 MVtga teng. Bu yiliga o‘rtacha 41,2 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1 ming 600 ta xonadonning elektr tokiga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq ta’minlanadi, deganidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring