O‘zbekistonda muzli qoyaga chiqish bo‘yicha chempionat o‘tkazildi (foto)
Ugom-Chotqol tog‘ tizmasida muz qoyaga chiqish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashq markazida o‘tkazilgan makzur chempionat O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda alpinizm bilan shug‘ullanib yurgan professional sportchilarning qatnashishi ta’minlandi.
Chempionat ishtirokchilaridan qiyaligi 85—90 daraja, balandligi 15 metr bo‘lgan muzli qoyaga tezkorlik bilan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda chiqish talab etildi.
Ya’kuniy natijalarga ko‘ra, Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashq markazining harbiy alpinistlari dastlabki uchta pog‘onaning barchasini band etgan bo‘lsa, «Alp Vostok» jamoasi, shuningdek, O‘zbekiston alpinizm va qoyaga chiqish federatsiyasi vakillari o‘z ko‘rsatkichlari bilan ishtirokchilar orasida ajralib turdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter