O‘zbekistondagi yangi harbiy institutda Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi
O‘zbekistonda yangi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi.
Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi. Bundan Milliy va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish maqsadi ko‘zlangan. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
-fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi innovatsion loyihalarni keyinchalik ularni sinovdan o‘tkazish va Harbiy institut o‘quv jarayoniga hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari qo‘shinlari faoliyatiga tatbiq etish yo‘li bilan amalga oshirish;
-Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining o‘quv-ilmiy va innovatsion faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari, ilmiy, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari hamda xorijiy sheriklar bilan ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
-kelgusida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida joriy etish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya jihozlarini ishlab chiqarish uchun texnik vazifalarni yaratish.
O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi Mudofaa vazirligiga Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini yuqori malakali, amaliy ishlar tajribasiga ega va ilmiy-tadqiqotlar faoliyatiga moyilligi bo‘lgan kadrlar bilan to‘ldirishda ko‘maklashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter