Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv vaqti o‘zgarishi kutilmoqda

O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv vaqti o‘zgarishi kutilmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018-yil 28-noyabrdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni zaxiraga bo‘shatish muddatini yilning fevral-mart oylaridan mart-aprel oylariga o‘tkazish taklifi berilgan. Bunda chaqiruv tadbirlarini o‘tkazish davrida yildan yilga takrorlanib kelayotgan kamchiliklar, ortiqcha sarf-harajatlar hamda eng avvalo, fuqarolarga qulayliklar yaratishni inobatga olingani aytilmoqda.

Shunga asosan Mudofaa vazirligi tomonidan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Chaqiruv davrining qish mavsumidan bahor mavsumiga o‘tkazilishi natijasida muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirishga doir sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda noqulay ob-havoda kutish punktlarida ularni kuzatish uchun kelgan ota-onalarga qulayliklar yaratib beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring