Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek harbiylari dengiz sathidan 3000 metr baland tog‘da murakkab mashg‘ulotlar o‘tkazdi (foto+video)

O‘zbek harbiylari dengiz sathidan 3000 metr baland tog‘da murakkab mashg‘ulotlar o‘tkazdi (foto+video)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv mashqlari markazida navbatdagi 45 kunlik o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ugom-Chotqol tog‘ tizmasida o‘tkazilgan amaliy mashqlarda kunduzi harorat 4-6 daraja sovuq, tunggi paytlarda esa 20  gradusgacha pasaydi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar chang‘i va otish tayyorgarligi, tog‘li hududda daryo, jarlik, qoyalar va shu kabi to‘siqlardan oshib o‘tishda bir qator usul va uslublardan foydalanishdi. Yig‘in davomida ular tabiiy tog‘ to‘siqlaridan o‘tish mashqini bajardi.

Dengiz sathidan 2500-3000 metr balanlikdagi tog‘ cho‘qqilarida shartli qurollangan jangarilar guruhini aniqlash va yo‘q qilish mavzusida taktik o‘quvlari o‘tkazildi. 

Ta’kidlash kerakki, ushbu mashg‘ulotlar bo‘linmalar o‘rtasida hamkorlikni ta’minlash, harbiy xizmatchilarningo‘ta murakkabvaziyatlardayashovchanlik ko‘nikmalari hamda jangovar shayligini muntazam oshirib borishga xizmat qiladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring