Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi boshlandi

Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi boshlandi

Bugun, 24-avgust kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning mudofaa vazirlari ishtirok etmoqda.

Jumladan, mezbon sifatida O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov, mehmonlar –Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx, Qozog‘iston mudofaa vaziri Ruslan Jaksilikov, Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe (onlayn ishtirok etyapti, -tahr.), Qirg‘iziston mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotov hamda Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Muhammad Asif mazkur yig‘ilishda ishtirok etmoqdalar.

Shuningdek, yig‘ilishga faxriy mehmonlar – O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, ShHT Bosh kotibi Chjan Min, ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev hamda ShHTda kuzatuvchi mamlakat vakili sifatida ishtirok etayotgan Belarus mudofaa vaziri Viktor Xreninlar ham taklif etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring