Xalqaro armiya o‘yinlari bo‘sag‘asida. Xorij davlat delegatsiyalari kelishni boshladi
26-iyul kuni Vetnam Sotsialistik Respublikasi harbiy delegatsiyasi Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun «Forish» poligoniga yetib keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Xalqaro armiya o‘yinlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan O‘zbekistonning «Forish» tog‘-dala poligoni joriy yilning avgust oyida V «Xalqaro armiya o‘yinlari – 2019» doirasida «Harbiy-tibbiy estafeta» tanloviga birinchi marta mezbonlik qiladi.
Mehmonlarni Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, o‘quvchi yoshlar karnay-surnay sadolari ostida o‘zbekona udumlar bilan tantanali ravishda kutib oldi.
4-avgust kuni start oladigan «Harbiy-tibbiy estafeta» tanlovida Armaniston, Angola, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Zimbabve, Qozog‘iston, Myanma, Tojikiston, O‘zbekiston va Venesuela (kuzatuvchi maqomida) kabi davlatlar g‘oliblik uchun o‘zaro kurashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter