Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini to‘satdan tekshirish davom etmoqda (foto)

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini to‘satdan tekshirish davom etmoqda (foto)

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, 26-noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarilgan bo‘lib, hozirda ham uning doirasidagi tashkiliy tadbirlar davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha,  vazirlik qo‘shinlari jangovar shayligini majmuaviy tekshirishning ikkinchi bosqichida jangovar harakatlarni bajarishda belgilangan punktlarga shaxsiy tarkib hamda harbiy texnikalarning avtomobil va temiryo‘l texnikasi yordamida olib o‘tilishi bilan qo‘shinlarning tezkorligi va shayligi namoyish etildi.

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shunday qilib, Mudofaa vazirligi qo‘shinlari sakkizta poligonga joylashtirildi. O‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha navbatdagi harakatlar «Sho‘rsu», «Angren», «Forish», Kattaqo‘rg‘on», «Nuriston», «Termiz» va «Nukus» poligonlarida bo‘lib o‘tyapti, harbiy okruglarning birlashgan guruhlari ochiq hududga joylashtirildi va maxsus operatsiyalarni o‘tkazish rejalashtirildi.

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Razvedka ma’lumotlari asosida kuch va vositalarning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Mobil boshqaruv punktlarida ishlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Bo‘linmalarni boshqarish va harakatlarini muvofiqlashtirishda eng muhim jihat — bu shubhasiz, barqaror aloqaning tashkil ekani. Qo‘shinlarda aloqaning uzluksizligi ta’minlangan va muntazam qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shu kunning o‘zida shturm hamda qo‘nish imkoniyatiga ega aviatsiya texnikalari yordamida shaxsiy tarkibni desantlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi, jangovar samolyot va vertolyotlar asosiy aerodromlardan zahiradagi harbiy okruglarning aerodromlariga olib o‘tildi. Kuch tuzilmalarining boshqaruv organlari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatildi.

O‘ta muhim va toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash va himoya qilishda qo‘riqlov bo‘linmalari jangovar holatda xizmatni amalga oshirishiga o‘tkazildi.

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Jangovar vazifalarni bajarish punktlarida alohida o‘quv hududlari tashkil etildi, bu yerda harbiy xizmatchilar o‘zlarining jangovar tayyorgarlik borasida ko‘nikmalarini oshiryapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring