Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni O‘zbekistonga keldi

1-mart kuni O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-palkovnik Aleksandr Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda 2017-yilning oktyabrida «Forish» tog‘ poligonida (Jizzax viloyati) ikki mamlakat o‘rtasida harbiy hamkorlik hamda Rossiya—O‘zbekiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari ham yod etildi, unda Rossiya Markaziy harbiy okrugiga qarashli tog‘-o‘qchi bo‘linmalarini jalb etilgandi.

Aleksandr Lapin O‘zbekiston Rossiyaning strategik hamkori hamda Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikning kafolati ekanligini bildirdi.
Aleksandr Lapin Rossiya armiyasining Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlari haqida ma’ruza o‘qib, akademiya shaxsiy tarkibi bilan tajribalarini bo‘lishdi.
Ertaga, 2-mart kuni Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi Samarqand shahriga tashrif buyuradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter