Rossiya Bluetooth orqali smartfon bilan to‘lashning yangi formatini sinovdan o‘tkazishni boshladi

VTB kompaniyasi Bluetooth orqali smartfondan xaridlarni to‘lash uchun mo‘ljallangan "To‘lqin" (Volna) to‘lov xizmatini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Pilot loyiha Moskva, Moskva viloyati va Qozonda ishga tushirildi.
U "Mira” va SBP yaratuvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.
Texnologiya Google/Apple Pay orqali NFC to‘loviga o‘xshab ishlaydi, lekin bu to‘lov usuli "katta masofa”ni qamrab oladi.
Banklar “To‘lqin”ni o‘z ilovalariga o‘zlari integratsiya qilishlari kerak bo‘ladi (ular iOS da ham ishlashiga va’da berishadi) va texnologiyani qo‘llab-quvvatlovchi terminallar allaqachon yuzlab savdo nuqtalariga yetkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter