Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya mingdan oshiq jasadlarni Ukrainaga topshirdi

Rossiya mingdan oshiq jasadlarni Ukrainaga topshirdi

Harbiy asirlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab o‘zining Telegram-kanalida 1200 nafar halok bo‘lgan ukrainaliklar jasadi qaytarilgani haqida e’lon qildi.

Ular Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida erishilgan kelishuvlar doirasida topshirildi. 

Ukraina tomoni qaytarilgan jasadlar huquq-tartibot idoralari tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishini, ular qoldiqlarni aniqlashi kerakligini aytdi. Agentlik “jasadlar Ukraina fuqarolariga, xususan, harbiy xizmatchilarga tegishli ekanligini” ta’kidlaydi. Muvofiqlashtiruvchi shtab tomonidan marhumlar almashinuvi “vatanga qaytarish choralari” deb nomlandi. 

 Harbiy asirlarni davolash uchun mas’ul bo‘lgan Ukraina organi Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga "repatriatsiya choralarini" o‘tkazishda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi. 

2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarning ikkinchi raundida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Rossiya 6 ming nafar ukrainalik harbiylarning jasadini bir tomonlama tartibda topshirishga kelishib oldi. Vladimir Medinskiyning aytishicha, Rossiya tomoni 7 iyundan 9 iyungacha qoldiqlarni topshirishga tayyorligini bildirgandi.

Biroq, keyin Ukraina jasadlarni qabul qilishni noma’lum muddatga qoldirdi. Keyinroq Rossiya o‘zining 27 nafar halok bo‘lgan harbiylarining jasadini qabul qilib, 1212 nafar jasadni Ukrainaga topshirgani ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring