Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda «jangarilar» hujumini qaytarish bo‘yicha maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Chirchiqda «jangarilar» hujumini qaytarish bo‘yicha maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyatidagi harbiy qismlardan birida «Ob’yektda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar hamda terrorchilik va yong‘in sodir bo‘lganda korxona ma’muriyati va fuqoro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari»mavzusida maxsus-taktik o‘quvi o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi. 

O‘quvda Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari, «O‘rta Chirchiq GES Kaskadi» unitar korxonasi, Toshkent viloyati va Bo‘stonliq tumani FVB hamda Bo‘stonliq tumani IIB xodimlari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Rejaga asosan harbiy qism ofitserlar tarkibi bilan hafta davomida alohida va birgalikdagi qo‘mondonlik-shtab tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Jangovar harakatlar o‘yin xaritasi chizilib, mashg‘ulotda foydalanish uchun tayyorlandi. Maxsus-taktik o‘quv ikki bosqichda amalga oshirildi.

Mashg‘ulot g‘oyasiga ko‘ra shartli dushman jangarilari yengil avtomobilda Toshkent—Sijjak yo‘lidagi Chirchiq daryosida joylashgan ko‘prikka qurolli hujum uyushtirdi. Hujum ko‘prikni qo‘riqlayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan qaytarilib, shartli dushmanga talafot yetkaziladi.

Mashq davomida rejalashtirilgan barcha o‘quv savollar amalda bajarildi. Harbiy xizmatchilar kerakli ko‘nikma hosil qildi. Bo‘linma komandirlari jang mobaynida bo‘ysinuvchilarni boshqarish ko‘nikmalarini takomillashtirdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring