Buxorodagi ob’yektlarda shartli dushmanni qo‘lga olish bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Buxoro viloyatida joylashgan Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismlardan birida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu majmuaviy maxsus-taktik mashg‘ulotlar hamkorlikdagi qurolli kuchlar tuzilmalari harakatlarini muvofiqlashtirish, mobil bo‘linmalarning o‘ta muhim ob’yektlarga yetib borish vaqtlarini qisqartirish, turli ko‘rinishdagi noqonuniy tajovuzlarni oldini olish, tabiiy va texnogen ofatlar ro‘y berganda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar erta tongda to‘satdan chegara oldi hududlarida shartli noqonuniy qurollangan jangarilar to‘dasi to‘planayotganligi, ularning maqsadi bir necha o‘ta muhim ob’yektlarda qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish ekanligi ma’lum bo‘lgach, mavjud ob’yektlarda qo‘riqlashni kuchaytirilgan rejimga o‘tkazishdan boshlandi.
Majmuaviy maxsus-taktik o‘quvlarda ishtirok etayotgan hamkorlikdagi bo‘linmalar hududlarga tezkorlik bilan yetib bordi va shartli dushmanning ehtimoliy harakatlanish yo‘nalishida pozitsiyalar egalladi.
Shundan so‘ng, maxsus-taktik o‘quvlarning asosiy fazasi boshlandi. Birinchi o‘quv joyida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari maxsus bo‘linmalariningharbiy xizmatchilari tomonidan shartli noqonuniy qurollangan tuzilmalarni qidirib topish, qurshab olish va yakson qilish bo‘yicha hamkorlikdagi operatsiya namoyish etildi.
Umumiy xisobda 20—30 nafar dushman guruhlari ikkiga bo‘lingan holda davlat chegarasini buzib,mamlakat ichkarisiga o‘tishga uringanidahamkorlikdagi bo‘linmalar tomonidan har tomondanqurshovga olindi. Vertolyot aviatsiyasi yordamida yetib kelgan maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilari esa ularni «yakson etishga kirishdi».
Undan keyingi harakatlar davomida o‘ta muhim ob’yektlar atrofidagi aholi yashash punktida «garovga olinganlarni» ozod qilish operatsiyasi Mudofaa, Ichki ishlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmativa Milliy gvardiyahududiy bo‘linmalari bilan birgalikda amalga oshirildi.
Ko‘rgazmali taktik mashg‘ulotning so‘nggi epizodi shartiga ko‘ra, shartli dushmanlar tomonidan mamlakatimiz uchun o‘ta muhim sanalgan ko‘prik egallanib, minalashtirilgan. Ko‘prikni minalardan tozalash uchun sapyorlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining g‘avvoslari jalb etildi.
Tegishli vazirlik va idoralar kuch tuzilmalari bilan xamkorlikda tashkil etilgan maxsus-taktik o‘quvlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter