Rossiya armiyasida koronavirusga chalinganlar soni ma’lum qilindi
Koronavirus 2 482 nafar harbiy xizmatchida, shuningdek, Mudofaa vazirligining 313 nafar fuqarolik xodimida aniqlangan. Bu haqda muassasa bayonotiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-martdan 1-maygacha Qurolli kuchlarda yoppasiga o‘tkazilgan test chog‘ida 1099 nafar harbiy xizmatchida test natijalari musbat chiqqan, 137 nafari sog‘aygan.
Harbiy oliygohlarda 1 174 kishi zararlangan, ular orasida kursantlar va tinglovchilar ham bor. Ikkita bemor tuzalgan. Universitetgacha bo‘lgan 31 ta ta’lim muassasasidan (14,5 mingdan ortiq kishi tahsil olmoqda) 27 tasida kasallik qayd etilmagan.
Qurolli kuchlarning fuqarolik xodimlari orasida martdan beri 313 kishida kasallik aniqlangan, 12 nafari sog‘aygan. Koronavirusga chalinganlar Mudofaa vazirligining dam olish uylari va gospitallarida, shuningdek, fuqarolik sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiy muassasalar va uylarida davolanishmoqda.
1-may holatiga ko‘ra, Rossiyaning 85 ta hududida 114 431 ta koronavirus holati qayd etilgan. Epidemiya davrida 1169 kishi vafot etdi, 13 220 kishi tuzaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter