Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan bemor qiz Germaniyada davolanmoqda

Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan bemor qiz Germaniyada davolanmoqda

Foto: «Mudofaa.uz»

Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, 20 yoshli Maftuna O‘sarova 2021-yil 2-avgust kuni Germaniyaning «ASKLEPIOS» zamonaviy klinikasiga davolanishga yuborildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

2016-yilda Maftuna dunyoda juda kam uchraydigan «takayasu sindromi», ya’ni magistral qon tomirlari torayishi oqibatida insultga chalindi va birinchi darajali nogiron bo‘lib qoldi.

Hozirda Maftuna O‘sarova Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Germaniyaning «ASKLEPIOS» klinikasida 3 kun davomida ixtisoslashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkazildi va intensiv davolash-sog‘lomlashtirish muolajalarini olmoqda.

Mudofaa vazirligi doimiy ravishda Germaniya klinikasi mutaxassislaridan davolash jarayonlarini o‘rganib, nazorat qilib bormoqda.

Ayni paytda Maftuna O‘sarovaning sog‘lig‘i yaxshilanib bormoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring