Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligi sportchisi xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Mudofaa vazirligi sportchisi xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi leytenant Nadiya Dusanova o‘z muxlislarini ikkita — oltin va bronza medallari bilan xushnud etdi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Chexiyada o‘tkazilgan «Hvězdy v Nehvizdech» («Yulduzlar Nexvizdeda») xalqaro turnirda joriy yil O‘zbekistondan yengil atletika turi bo‘yicha Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova yuqori natijalarni ko‘rsatib, yurtimizga medallar shodasini taqdim etdi. Mazkur xalqaro turnirda dunyoning 10 ta mamlakatidan kelgan 13 nafar sportchi o‘zaro bellashdi.

1-fevral kuni Svetlana Radzivil balandlikka sakrash bo‘yicha 183 santimetr ko‘rsatgichga erishib, meksikalik Xumena Esquivel hamda Irlandiyadan kelgan Pippa Rogan ismli sportchilar bilan bir qatorda uchinchi o‘rinni egalladi. Aynan shu kuni leytenant Nadiya Dusanova 192 santimetr natija bilan turnirning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

6-fevral kuni esa Nadiya Dusanova 190 santimetr balandlikka sakrab ushbu turnirda ikkinchi — bronza medaliga ega chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring