Qarshi-Xonobod bazasida xavfli kimyoviy qoldiqlar borligiga izoh berildi
2021-yil 19-yanvar kuni AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonning Qarshi-Xonobod bazasida xizmat qilgan amerikalik barcha faxriy harbiylarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida farmon imzolagan.
Ma’lumotlarda ushbu hudud kimyoviy qurol qoldiqlari, qayta ishlangan uran va boshqa xavfli moddalar bilan zararlangani aytilgan.
O‘zA Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Otabek Yo‘ldoshevning javobini e’lon qildi:
— Bu noto‘g‘ri ma’lumot. AQSh turgan bazada hech qanday yadroviy yoki kimyoviy vositalar yo‘q. Sababi, u yerda harbiy qism joylashgan. O‘sha atrofda aholi yashaydi.
Biz ishchi guruh tuzib, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘rganganmiz. U yerning nafaqat tuprog‘i va havosida, hech qayerida belgilangan me’yordan oshadigan ko‘rsatkichlar aniqlanmagan. Oxirgi 20 yil ichida o‘sha hududdan harbiy xizmatchilar o‘rtasida ham, faxriylar o‘rtasida ham onkologik kasalliklar aniqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter