Mirziyoyev sog‘liqni saqlash bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
Aholi salomatligini mustahkamlash, kasallikni erta aniqlash va davolashda birlamchi bo‘g‘in juda muhim. Shuning uchun davlatimiz rahbari bu yo‘nalishdagi islohotlarni xalqimizning, ayniqsa, olis hududlardagi aholining talab va ehtiyojlarini chuqur o‘rgangan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
Vazirlik yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha vaziyatni ochiqladi
Bunday chaqiriqlar bo‘yicha birinchilik Buxoroga nasib etdi.
Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlov amalga oshdi
K. Tangriberdiyev 2000-yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagan.
SSVda yangi muassasa tashkil etiladi
«Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-38-son, 22.01.2024 y) qabul qilindi.
«Ey sohibi iqtidor, qahramon Amrillosiz!» – Sog‘liqni saqlash vaziri madh etilgan she’r e’lon qilindi
Barcha kadrlar Amrillo Inoyatovning tantanali tadbirlarda salobat bilan ko‘rinish bergani, turli darajadagi rahbarlar oldida loyihalarni taqdim etayotgani aks etgan.
O‘zbek tibbiyoti: Muz joyidan ko‘chgan, ammo...
Har qanday jamiyat farovonligining jiddiy indikatorlaridan biri aholi salomatligi va tibbiyot rivoji hisoblanadi. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi muntazam izlanishda, ammo hamon depsinib turgan bolaga o‘xshaydi. Yillar, o‘n yillar o‘tmoqda. Nimanidir jiddiy o‘zgartirish vaqti allaqachon kelgan.
Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligiga qaytdi
Prezidentning tegishli qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori Alisher Kayumovich Shadmanov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bolalar gematologiyasi markaziga yangi direktor tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Jamila Po‘latova Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Tibbiyot markazi o‘tkazgan davlat xaridida qing‘irlik aniqlandi
Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridi bekor qilindi.
Mamlakatimizda hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi
Ta’limning ikki yili O‘zbekistonda, ikki yili Turkiyada olib boriladi.
O‘zbek xirurgiyasi tarixida ilk marotaba bir paytning o‘zida yurak va buyrakda noyob operatsiya o‘tkazildi
Milliy xirurgiyamiz tarixida ilk noyob operatsiya o‘zbek kardiojarroh va transplantologlari tomonidan mustaqil bajarildi.
Yaponiya O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga navbatdagi grantni ajratdi
Yaponiya hukumati «Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam» dasturi doirasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga 270630 AQSh dollariga teng grant ajratdi. Grant mablag‘i uchta loyihaga yo‘naltirilishi kutilmoqda.
SSV changli havodan ogohlantirdi
Bugun mamlakatimizning ayrim hududlarida shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zon hodisasi kuzatilmoqda.
Bolani azoblab massaj qilgan «shifokor»ning diplomi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yosh bolani jismoniy og‘ritib, tibbiyot talablariga mutlaqo mos bo‘lmagan uqalash muolajasi amalga oshirilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.
G‘uzorga maxsus tibbiy brigada yuborildi
Holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.
G‘uzorda noma’lum kasallikdan 4 yoshli bola vafot etdi
Ushbu holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha biror izoh berganicha yo‘q.
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri hibsga olindi
Davlatga 1 mlrd 581 mln 474 ming 315 som (qariyb 20 mln AQSh dollari) zarar yetkazilgan.
Antimonopoliya qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarshi ish ochdi
Mazkur laboratoriyalar xorijda ochilgan Intermed Innovation qo‘shma korxonasiga biriktirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
Keyinchalik mazkur muassasada endokrinolog-vrach, kichik ilmiy xodim, ilmiy kotib kabi qator vazifalarda mehnat qilgan.
O‘zbekistonda nega o‘tkir respirator kasalliklar ko‘payib borayotgani aytildi
Raqamlarni tahlil qilsak, 2022-yil aprel oyining 25 sanasigacha yurtimizda «103» xizmatiga jami 799 ming 217 ta chaqiriq kelib tushdi.
Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Otabek Fazilkarimov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tanasiga armatura bo‘lagi kirib ketib, murakkab operatsiyalar natijasida hayoti saqlab qolingan bemor uyiga qaytdi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan murakkab operatsiya jarayoni haqida xabar bergandik.
Tanasiga ikkita temir bo‘lagi kirib ketgan 17 yoshli yigitning hayoti saqlab qolindi
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan murakkab operatsiya jarayoni lavhalari tarqaldi. Videotasvirlarda yosh yigitning baxtsiz hodisa sabab jiddiy jarohat olgani, tibbiyot xodimlari uning tanasiga kirib ketgan armatura bo‘lagini murakkab jarrohlik yo‘li bilan chiqarib, bemorning hayotini saqlab qolgani aks etgan.
Liviya sog‘liqni saqlash vaziri hibsga olindi
Kislorod ballonlarini sotib olish va o‘rnatishda korrupsiyaga aralashgan.
Murojaatlar muloqot orqali Prezidentga yetkaziladi
Tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilish maqsadida maxsus «Sall-markaz» ishga tushirildi.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasi o‘z faoliyatini boshladi
Bugun Nukus shahrida 120 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident farmoni e’lon qilindi
2021-yil 1-iyuldan boshlab 10 mingta, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yana qo‘shimcha 10 mingta o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlari ajratiladi.
Bemorlarga order berish tizimi o‘zgardi
Prezidentning «Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Farmonida imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga bepul order berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
O‘zbekiston «Sputnik V» hamda «AstraZeneca» vaksinasini xarid qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda
O‘zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini kamaytirish maqsadida COVID-19 ga qarshi emlash tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yakunlanmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi binoga ko‘chib o‘tdi (foto)
Navro‘z ayyomi kunlarida Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati yangi binoda ish boshladi.
Shifokorga tan jarohati yetkazgan «zo‘ravon»ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tez tibbiy yordam bo‘limi shoxobchasi shifokori M.X. navbatdagi chaqiruvga yo‘l olganida ko‘p o‘tmay o‘zi bemorga aylanishini xayoliga keltirmagan edi. Qisqasi, tibbiyot xodimi tumaning Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi turar joyga tungi soat 23.30 da yetib borganida uydan chiqib kelgan D.O. bemorni ko‘rsatish o‘rniga «Nega xabar tushgandan so‘ng o‘z vaqtida kelmaysan», deya shifokorga tan jarohatlari yetkazgan.
SSVga vaksinatsiya tadbirlarini olib borish uchun 223 ta maxsus avtomobil topshirildi
Bugun, 23 fevral kuni YuNISEF poytaxtimizdagi «Milliy» stadionida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati uchun 17 ta muzlatkichli yuk mashinasi va 206 ta Miniven-Labo avtomobillarini topshirdi.
Sog‘liqni saqlash tizimida 22 mlrd. so‘mlik qonun buzilishi holatlari aniqlangani aytildi
Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan parlament eshituvi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Afg‘oniston delegatsiyasini qabul qildi
Afg‘oniston Jamoat salomatligini saqlash vazirligining mas’ul xodimlari va shifokorlaridan iborat delegatsiya yurtimizda bo‘lib turibdi.
Amrillo Inoyatov Sog‘liqni saqlash vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
Prezidentning tegishli farmoni bilan Inoyatov Amrillo Shodiyevich Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Yurtimizga rossiyalik yana bir guruh tibbiyot xodimlari kelishdi
Rossiyalik mutaxassislar shifokorlarimiz bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishadi.
Koreya bilan hamkorlikda onkologiya tibbiyot markazi bunyod etiladi
Koreya Respublikasida koronavirus tarqalishi deyarli jilovlangan, lekin maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga hozircha ruxsat berilmagan.
SSV: sog‘ayish ko‘rsatkichlari oshgan, ammo bu xotirjamlikni anglatmaydi
Tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 mingtagacha ko‘paygan.
AQSh yurtimizga 200 ta sun’iy nafas berish apparatini taqdim etdi
Uskunalar eng yuqori sifatli bo‘lib, zamonaviy texnologiya asosida AQShda ishlab chiqarilgan.
Pandemiya sharoitida maktablarda o‘quv yilini boshlash bo‘yicha tavsiyalar
Sog‘liqni saqlash vazirligi maktablarda pandemiya sharoitida o‘quv yilini boshlash bo‘yicha qo‘shma qaror loyihasini tayyorladi.
Koronavirus: keragidan ortiq dori-darmonlar, ortiqcha antibiotiklar... Vazirlik xususiy klinikalarni qat’iy ogohlantirdi
Keragidan ortiq dori-darmonlar, tegishli ko‘rsatma mavjud bo‘lmasa-da, ikki va undan ortiq antibiotiklar berilganligi, davolash standartlariga zid ravishda infuzion suyuqliklar quyilganligi aniqlandi.
«Bir bemorga qanchadan mablag‘ sarflanyapti?» — deputat 32,3 yoki 64,4 millionni ochiq hisoblab berishlarini so‘ramoqda
Shu kunlarda mamlakatimizda tibbiyot xodimlarining yetishmovchiligi, dorixonalarda ayrim dori-darmonlar narxlari oshib borayotganligi, kasallanganlar uchun koykalarning kamligi, bemorlarni davolash bo‘yicha yaxlit tizimning yo‘qligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Polda yotgan murdalar videosi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi
Ularning ayrimlari, hatto, plyonkaga ham o‘ralmagan, alohida xonaga ham kiritilmagan.
Koronavirusdan xoli birorta ham viloyat yo‘q
Hozir mamlakatimizda 60 552 kishi uy karantiniga olingan.
Sog‘liqni saqlash vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Uning mazkur lavozimga uchinchi bor tayinlanishi.
Yurtimizda koronavirusga chalinganlar 14 mingdan oshdi
Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan.
Yurtimizning to‘rtta hududidan 44 nafar bemor sog‘aydi
Tuzalganlar soni 8074 nafarni tashkil etmoqda.
Koronavirusning yana bir qurboni
Ertalab qon bosimi yuqori bo‘lib, gapirmay qo‘ygan.
14 yoshli bola koronavirusdan vafot etgani aytilmoqda. Lekin...
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Bugun koronavirusga chalinganlarning yarmidan ko‘pi aholi orasidan chiqdi
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5085 nafar bemordan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Toshkentda aholi orasida 100 ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi
Jami 129 nafar bemor tuzaldi.
+149: ikkita hududda koronavirusga chalinganlar aniqlandi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12855 nafarni tashkil etmoqda.
Shifoxonada davolanishni rad etgan COVID-19 bemori hayotdan ko‘z yumdi
Koronavirusga chalingan poytaxtlik 76 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
«Hamma test topshiraman deb kasal yuqtirib yuribdi...» — bloger haqiqiy ahvolni ochiqladi
Taniqli bloger Shahnoza Soatova shu kecha kunduzdagi pandemiya bilan bog‘liq ahvol haqida boshidan o‘tkazgan voqelikka uyqash holda ochiqladi:
6 iyulda koronavirus aniqlangan yurtdoshimiz vafot etdi
Koronavirus infeksiyasiga chalingan navoiylik bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
+117: yana aholi orasida koronavirusga chalinganlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda
Hozirda mamlakatimizda 4226 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
«Bemorga qanchalik qiyinligini tasavvur qilib bo‘lmaydi» (video)
Videolavhada guvohi bo‘lganingizdek, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan bemorning ahvoli nihoyatda og‘ir kechmoqda. Shifoxonalarimizda tez-tez yuz berayotgan bu kabi achinarli holatlarni ko‘p eshitganmiz, ammo bundan hamisha ham to‘g‘ri xulosa chiqaravermaymiz. Vaziyatni ko‘z bilan ko‘rganimizda esa beixtiyor ehtiyot bo‘lish lozimligini o‘ylab qolamiz.
Yurtimizga koronavirusga chalingan bemorlar hayoti uchun muhim bo‘lgan reanimobillar keltirildi
Ular defibrillyator, EKG va sun’iy nafas berish apparatlari, dori-darmonlar kabi kerakli vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, bemorning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi.
Toshkentdagi bemorning ahvolini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring (video)
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ogohlantirishicha, koronavirus infeksiyasining dunyo mamlakatlari aholisi orasida tarqalishi yanada shiddatli tus olmoqda.
1-sonli Respublika klinik shifoxonasi yopiladimi yoki yo‘q? Savolga javob berildi
So‘nggi paytda ijtimoiy tarmoqlarda 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi (S. Azimov ko‘chasidagi sobiq Glavtashkentstroy shifoxonasi) yopilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Axborot qanchalik haqiqatga yaqinligini aniqlash maqsadida mazkur shifoxonaning bosh vrachi Anvar Husanovga murojaat etildi.
Koronavirusga qarshi qurilgan shifoxona haqida. Batafsil (foto)
Zangiotada koronavirusga chalinganlarni davolash uchun maxsus shifoxona qurilishi boshlanganiga uch oydan oshdi. Umumiy qiymati 504 milliard so‘m bo‘lgan loyihaning dastlabki qismi dushanba kuni foydalanishga topshiriladi. Bugun jurnalistlar Zangiotada bo‘lishdi va shaxsan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ularga kasalxona haqida so‘zlab berdi.
Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sog‘liqni saqlash tizimiga «safarbar qilindi»
O‘zbekiston prezidentining 3-iyuldagi qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vaziri rahbariyatida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani haqida xabar bergandik.
Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi
O‘zbekiston prezidentining 3-iyuldagi qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vaziri rahbariyatida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Elmira Bositxonova yana Sog‘liqni saqlash vazirligiga qaytdi
Mamlakatimiz prezidentining joriy yil 3-iyuldagi tegishli qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga Bositxonova Elmira Irkinovna tayinlandi.
Ikkita hududda juda ko‘p koronavirus holati aniqlandi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9199 (+121) nafarni tashkil etmoqda.
Bugun mamlakatimizda qariyb 300 ta koronavirus holati qayd etildi
Har uchinchisi aholi orasida aniqlangan.
To‘rt hududda yuzga yaqin bemor koronavirusdan tuzaldi
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5834 nafarni tashkil etmoqda.
Yurtimizda koronavirusdan sog‘ayganlar 5500 nafarga yaqinlashib qoldi
Bugun yurtimizda shu soatgacha 167 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi.
Yangi qayd etilgan koronavirusga chalinganlarning aksariyati xorijdan kelgan
2465 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Yana aholi orasida koronavirusni yuqtirishdi
Kasallikka chalinganlarning 20 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
Kecha aholi orasida koronavirusga chalinganlarning yarmidan ko‘pi Toshkent shahrida qayd etilgan
Ular orasida hokimlik xodimi ham bor.
Ajoyib xushxabar: yana 51 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
Mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4775 nafarni tashkil etmoqda.
Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni yana 43 nafarga ko‘paydi
Kasallikka chalingan fuqarolarning 69 foizi sog‘aygan.
Koronavirus faqat poytaxt aholisi orasida qayd etilmayapti
Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi yana oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
34 kishiga koronavirus yuqtirgani aytilgan shifokorni SSV o‘z himoyasiga oldi
2020-yil 12-may kuni Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasining bo‘lim mudiri X.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-1-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekistonda 1961 nafar homilador ayol karantinga olingan – SSV
Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Barno Abdusmatovaning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha karantin e’lon qilingan kundan ayni paytga qadar jami 1961 nafar homilador ayol karantin nazoratiga olingan.
Koronavirus onadan bolaga yuqadimi? Homilador ayollarga yaratilgan sharoit haqida
Mamlakatimizda homilador yoki tuqqan ayollar koronavirus infeksiyasiga gumon qilinsa qanday yo‘l tutiladi? Shunday holatlarda qayerga murojaat qilish kerak? Ularning davolanish tartibi qanday bo‘ladi? Shu kabi savollarga Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Barno ABDUSAMATOVA javob beradi.
Bir kunda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 100 nafardan oshdi
Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 17 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan esa 13 nafar, jami 30 nafar bemor butkul sog‘aydi.
Koronavirus: qaysi viloyatlarda infeksiya ko‘p tarqalgani ma’lum bo‘ldi
Ayni damda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 1836 nafarni tashkil etmoqda.
Qashqadaryoda koronavirus yuqtirganlarning ikki nafari tuzaldi
Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi, Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlari safiga endilikda Qashqadaryo viloyati ham qo‘shildi.
SSV bemorlarning yoshi, jinsi va hududi bo‘yicha ma’lumot berdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yurtimizda koronavirus yuqtirgan 504 nafar bemor yoshi, jinsi vaboshqa ma’lumotlarni ochiqladi.
Koronavirus yuqtirganlar soni 37taga yetdi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha 37 nafarga yetdi.
Koronavirusga chalingan ayolning ahvoli qoniqarli. Bezovtalik yo‘q, tana harorati ko‘tarilmagan — Vazir
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda ilk koronavirusga chalingan bemorning holati haqida xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart sanasida Fransiyadan qaytgan ayolda koronavirus alomatlari aniqlangani xabar qilingan edi.
SSV: Alkogol mahsulotlari koronavirusdan saqlay olmaydi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan aholining sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishi va profilaktik choralar ko‘rish borasida SMS-xabarnomalar yo‘llash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Mixail Favorov koronavirus qay tarzda odamlar orasida tarqalganini ma’lum qildi
Anjumanda, Sog‘liqni saqlash va epidemiologiya sohasida xalqaro espert, Amerika Mikrobiologiya jamiyati a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov dunyodagi epidemik vaziyat bo‘yicha ma’ruza qildi.
SSV: «Nazorat har qachongidan ham kuchaytirilgan»
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatimizga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.
Koronavirusning kirib kelishini oldini olishda xizmat ko‘rsatgan ayollar taqdirlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligida tibbiyot tizimida alohida faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar taqdirlandi.
SSV: Maktablarda koronavirus epidemiyasiga qarshi choralar kuchaytiriladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatimiz hududiga koronavirus infeksiyasini kirib kelishini oldini olish maqsadida qator vazirlik, qo‘mita va agentliklar bilan hamkorlik qilib, ushbu muassasalar tasarrufidagi idora xodimlarini dunyodagi bugungi qaltis epidemik vaziyatdan ogoh etib, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.
Koronavirus: Vazirlik aholini xavotirga tushmay, ogoh bo‘lishga chaqirdi
Bugun 28-fevral kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etdi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
«Haqiqatga zid»: SSV Jizzax va Buxoro viloyatlarida koronavirus tarqalgani bo‘yicha mish-mishlarni izohladi
Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasining yurtimizga kirib kelganligi, jumladan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida qayd etilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. «Ammo bu xabar haqiqatga zid», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.