Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ajoyib xushxabar: yana 51 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Ajoyib xushxabar: yana 51 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 2020-yil 25-iyun soat 19:30 holatiga ko‘ra, poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida yana 27 nafar, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida 2 nafar, Qashqadaryo viloyatida 17 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, jami 51 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

Toshkentda tuzalganlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, ularning eng yoshi ulug‘i 56 yoshda va eng kichigi 19 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, sog‘ayganlarning 13 nafari Toshkent shahridan, 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 3 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafardan Andijon va Namangan viloyatlaridan va 1 nafardan Toshkent, Farg‘ona va Jizzax viloyatlaridan.

Shu tariqa ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan  2635 nafar bemor sog‘aydi.

Qashqadaryo viloyatida COVID-19dan tuzalganlarning  6 nafari ushbu hududdan bo‘lsa, 10 nafari Qazog‘iston, 1 nafari Turkiya fuqarosidir. Ularning 14 nafari erkak, 3 nafari ayol, shuningdek, eng yoshi kattasi 51 yoshda, kichigi esa 2019-yilda tug‘ilgan.

Endilikda Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlarning soni 23 nafarga yetdi.

Namangan viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lganlarning barchasi ushbu hududdan. Ularning 4 nafari erkak va 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 51 yoshda, eng kichigi 2019-yilda tug‘ilgan.

Bugungi kunda Namangan viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 270 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun yurtimizda shu soatgacha 90 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4775 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring