Elmira Bositxonova yana Sog‘liqni saqlash vazirligiga qaytdi
Mamlakatimiz prezidentining joriy yil 3-iyuldagi tegishli qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga Bositxonova Elmira Irkinovna tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
E.Bositxonova 1958-yilda tug‘ilgan. 1981-yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.
Tayinlovga qadar Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida faoliyatini boshlagan va ko‘p yillar bosh shifokor sifatida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, so‘ng Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Ayni paytga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter