Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pop tumaniga yangi hokim tayinlandi

Pop tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 27-may kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Pop tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ham ko‘rildi.

Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.

Viloyat rahbari keyingi yillarda Pop tumanida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib, hozirga qadar Pop tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan A’zamjon Sultanov salomatligiga ko‘ra vazifasidan ozod etish haqida ariza yozganini ma’lum qildi.

Deputatlar Namangan viloyati hokimining Pop tumani hokimi Sultanov A’zamjon Mahmudovichni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qulladilar.

Sessiyada, shuningdek, deputatlar tumanga yangi hokimni tasdiqlash masalasini ham ko‘rib chiqishdi va Namangan viloyati hokimining Murodxo‘jayev G‘ulomjon Sobitxo‘jayevichni Pop tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan tasdiqladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring