Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» boshqaruviga vengriyalik mutaxassis keldi

«UzAuto Motors» boshqaruviga vengriyalik mutaxassis keldi

«UzAuto Motors» AJ Kuzatuv kengashi kompaniya bosh direktori lavozimiga Yanosh Kovachni tayinlash haqida qaror qabul qildi.

Kompaniya matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Vengriyada tug‘ilgan Yanosh Kovach Budapesht Texnika Universitetining avtomobilsozlik texnologiyalari bo‘yicha muhandislik mutaxassisligini tamomlagan.

«Kovach jahon avtomobil sanoatining yetakchi top-menejerlaridan biri sifatida General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive va VinFast Automotive kabi kompaniyalarda muhim rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillik tajribaga ega.

O‘zining professional faoliyati davomida u sifatni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va avtomobil zavodlari boshqaruvi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan», – deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, u 2021-yildan buyon «UzAuto Motors» AJ Kuzatuv kengashi a’zosi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning dekabrida 2021-yildan buyon «UzAuto Motors» va «UzAuto Motors Powertrain» kompaniyalari bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Bo Andersson ishdan olingan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring