Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi

Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi

Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiya ishida tashkiliy masala ham ko‘rildi. To‘rayev O‘ktam Ismoilovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Termiz shahri hokimi lavozimidan ozod qilindi. Viloyat rahbari taklif etgan nomzod – Lolayev Sharofiddin Usanovich deputatlar tomonidan Termiz shahri hokimi etib tasdiqladi.

Sharofiddin Lolayev 1987-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Termiz davlat universitetini bakalavr, 2021-yilda magistr darajasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, bosh inspektori, birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Denov tumani va Termiz shahar hokimining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Sessiyada viloyat rahbari yangi hokimga Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish yuzasidan vazifalarni yukladi hamda yangi lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring