Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash tizimida 22 mlrd. so‘mlik qonun buzilishi holatlari aniqlangani aytildi

Sog‘liqni saqlash tizimida 22 mlrd. so‘mlik qonun buzilishi holatlari aniqlangani aytildi

Foto:«Xabar.uz»

Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan parlament eshituvi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Unda koronavirus pandemiyasi davrida ajratilgan mablag‘lar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanishicha, 2020-yil Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilib, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish ishlarini moliyalashtirishga ham alohida e’tibor qaratish maqsadida qariyb 13 trln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Toshkent viloyatida 20 ming o‘rinli, Namangan, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 7 085 o‘rinli karantin muassasalari hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanida 4000 o‘rinli maxsus shifoxonalar qurilib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, bunday maxsus shifoxonalar Nukus, Samarqand shaharlari hamda Termiz va Pop tumanlarida ham barpo etilgan. Shu bilan birga, qurilish-ta’mirlash ishlariga 1,2 trillion so‘m, tibbiyot va boshqa xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlariga 2,2 tirillion so‘m, dori va gigiyena vositalari, oziq-ovqat, tibbiy texnika va boshqa vositalarni sotib olish kabi tadbirlarga 1,3 trillion so‘m mablag‘lar sarflangan.

Hozirgi vaqtga kelib O‘zbekiston dunyoning 221 ta mamlakatlari orasida 1 mln. aholiga nisbatan koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 137-o‘rinni, COVID-19 dan o‘lim holati bo‘yicha 159-o‘rinni egallab, hozirgi vaqtda umumiy aholi soniga nisbatan COVID-19 faol bosqichida bo‘lgan bemorlar 0,002 foizni tashkil etmoqda.

Davlat budjetining 2020-yilning 9 oyi ijrosi hisoboti materiallariga ko‘ra, o‘tkazilgan davlat moliyaviy nazorat tadbirlarida 129,1 mlrd. so‘mlik noqonuniy xarajatlar, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 22 mlrd. so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

O‘tgan yili Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan «2021- yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga asosan 2021-yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun 3 trillion so‘m budjet mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring