1-sonli Respublika klinik shifoxonasi yopiladimi yoki yo‘q? Savolga javob berildi
So‘nggi paytda ijtimoiy tarmoqlarda 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi (S. Azimov ko‘chasidagi sobiq Glavtashkentstroy shifoxonasi) yopilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Axborot qanchalik haqiqatga yaqinligini aniqlash maqsadida mazkur shifoxonaning bosh vrachi Anvar Husanovga murojaat etildi.
— Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ushbu ma’lumotlar umuman asossiz, — deydi A.Husanov. — Shifoxonamiz to‘liq quvvatda faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning moddiy texnika bazasini yanada mustahkamlash, shifokorlarning kasbiy mohratini, malkasini oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalar tuzilgan.
Shifoxonada 15 yo‘nalishda, ya’ni 8 terapevtik, 7 ta xirurgik (rejali, shoshilinch) kasalliklar davolanadi. Unda faoliyat ko‘rsatayotgan 124 nafar shifokorlarning 2 nafar fan doktori, 11 nafar fan nomzodi, 46 nafar oliy toifali, 7 nafar birinchi toifali va 22 nafar ikkinchi toifali mutaxassislardir.
Tibbiyot muassasasi xodimlari Rossiya (Sankt-Peterburg)ning yetakchi klinikalarida malaka oshirib keldilar. Hozirgi kunda Hindiston, Turkiya, Koreya va Rossiya davlatlariga mutaxassislarni malaka oshirishga yuborish rejalashtirilgan.
So‘nggi ikki yilda shifoxonada Rossiya, Koreya va Polsha mamlakatlaridan yuqori malakali olimlar taklif qilinib, ular bilan hamkorlikda 24 bemorda 3 turdagi murakkab operatsiyalar amalga oshirildi.
Klinika Litva davlatining Kaunas Respublika shifoxonasi, Yonse universiteti (Koreya) va Medanta (Hindiston) klinikalari bilan hamkorlik memorandumini tuzgan. Janubiy Koreyaning «Sharm» ixtisoslashtirilgan klinikasi bilan shifoxonaning travmatologiya ortopediya va laboratoriya bo‘limlarida davlat-xususiy sherikchilik shartlarida hamkorlik qilish buyicha ishlar muhokama qilinmoqda.
Shifoxonaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va mutaxassislar malkasini oshirish bo‘yicha ham bir qator ishlar rejalashtirilgan. Jumladan, mutaxassislarini chet el klinikalarida o‘rta va uzoq muddatli malaka oshirishi buyicha ishlarni davom ettiri, bir qator bo‘limlarda joriy ta’mirlash ishlarini yakunlash, zamonaviy tibbiy jihozlar xarid qilish, zamonaviy davolash-diagnostika standartlari asosida kam invaziv endoxirurgik amaliyotlarni tadbiq etish kabi ishlar shular sirasiga kiradi. Shuningdek, shifoxonada qon tomir va kardioxirurgiya bo‘limlarini tashkil etish bo‘yicha ham ish olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter