Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning yana bir qurboni

Koronavirusning yana bir qurboni

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, qandli diabet bilan og‘rigan, insultni boshidan o‘tkazgan bemor koronavirusga chalinib, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Toshkent shahrida yashovchi 60 yoshli B.E. (erkak) joriy yil 6-iyul kuni ertalab qon bosimi yuqori bo‘lib, gapirmay qo‘yganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.

Unda «COVID-19» infeksiyasi tasdiqlangan va bemor o‘ta og‘ir ahvolda sun’iy nafas olish apparatiga ulangan holda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasi og‘ir kechishi hamda insult tashxisi qo‘yilgan. Xastalik miya shishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi hamda koma asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan. Bemor bundan avval, bir necha yillardan buyon gipertoniya, qandli diabet bilan og‘rigan, 2019-yilda insultni o‘tkazgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring