O‘zbekistonda 1961 nafar homilador ayol karantinga olingan – SSV
Yurtimizda koronovirus infeksiyasiga gumonlangan fuqarolar yoki ushbu kasallikka chalingan bemorlar, jumladan, homilador, tug‘ruqdagi va tuqqan ayollarni davolashga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Ularga koronavirus infeksiyasi tashxisini qo‘yish va davolashda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida yagona tizim hamda uslubiy yondashuv joriy etilgan. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Barno Abdusmatovaning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha karantin e’lon qilingan kundan ayni paytga qadar jami 1961 nafar homilador ayol karantin nazoratiga olingan.
Hududlar kesimida:
- Namangan viloyatida 1229 nafar,
- Samarqand viloyatida 238 nafar,
- Toshkent shahrida 134 nafar,
- Toshkent viloyatida 129 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 72 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 48 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 36 nafar,
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 34 nafar,
- Xorazm viloyatida 27 nafar,
- Buxoro viloyatida 11 nafar,
- Jizzax viloyatida esa 3 nafarni tashkil etadi.
Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha karantin nazoratiga olingan va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan 338 nafar homilador ayolga shoshilinch tibbiy yordami ko‘rsatilgan. O‘tgan davrda joylarda jami 30 nafar homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Jumladan:
- Toshkent shahrida 7 nafar,
- Namangan viloyatida 5 nafar,
- Samarqand viloyatida 5 nafar
- Buxoro viloyatida 3 nafar,
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
- Andijon viloyatida 2 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
- Toshkent viloyatida 2 nafar,
- Xorazm viloyatida 1 nafar qayd etilgan.
E’tiborli jihati, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan homiladorlardan 22 nafari butunlay sog‘aygan. Qolgan 8 nafarida samarali davolash muolajalari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan homiladorlarga o‘z vaqtida sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 340 shifo-o‘ringa ega 13 ta tug‘ruq komplekslari hamda infeksiya bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan homilador ayollarni statsionar karantini uchun esa 740 shifo-o‘ringa ega 14 ta tug‘ruk komplekslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter