SSV bemorlarning yoshi, jinsi va hududi bo‘yicha ma’lumot berdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yurtimizda koronavirus yuqtirgan 504 nafar bemor yoshi, jinsi va boshqa ma’lumotlarni ochiqladi. Bemorlarning 212 nafari erkak, 292 nafari ayollardir.
Bemorlarning yoshi:
0-9 yoshgacha – 20 nafar (4%);
10-19 yoshgacha – 29 nafar (5,8%);
20-29 yoshgacha – 84 nafar (16,7%);
30-39 yoshgacha – 132 nafar (26,2%);
40-49 yoshgacha – 137 nafar (27%);
50-59 yoshgacha – 72 nafar (14,3%);
60-69 yoshgacha – 22 nafar (4,4%);
70-79 yoshgacha – 7 nafar (1,4%);
80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,2%)ni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan 194 nafar bemor Toshkent shahrida davolanmoqda. Shuningdek,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16,
Andijon viloyatida 61,
Buxoro viloyatida 84,
Namangan viloyatida 51,
Farg‘ona viloyatida 70,
Xorazm viloyatida 18,
Qashqadaryo viloyatida 6,
Navoiy viloyatida 2,
Samarqand viloyatida 1,
Jizzax viloyatida 1 nafardan bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.
Shu o‘rinda aytish kerakki, laborator tahlillar natijasida kasalligi aniqlangan fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar karantinda bo‘lgan hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga davolash uchun o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.
Shu kunga qadar 30 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter