Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bemorga qanchalik qiyinligini tasavvur qilib bo‘lmaydi» (video)

«Bemorga qanchalik qiyinligini tasavvur qilib bo‘lmaydi» (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi navbatdagi videoni ulashdi. Videolavhada guvohi bo‘lganingizdek, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan bemorning ahvoli nihoyatda og‘ir kechmoqda.

Shifoxonalarimizda tez-tez yuz berayotgan bu kabi achinarli holatlarni ko‘p eshitganmiz, ammo bundan hamisha ham to‘g‘ri  xulosa chiqaravermaymiz. Vaziyatni ko‘z bilan ko‘rganimizda esa beixtiyor ehtiyot bo‘lish lozimligini o‘ylab qolamiz.

Bemorga tibbiy yordam ko‘rsatayotgan shifokorning qayd etganidek, ushbu 69 yoshli bemor 30 iyun kuni og‘ir ahvolda, tez tibbiy yordam mashinasida klinikaga olib kelingan. Bemorga koronavirus infeksiyasi farzandlari orqali yuqqan. Shunga qaramay o‘z sog‘ligiga e’tiborsizlik bilan qaragan bemor uy sharoitida  davolanishga harakat qilgan. Natijada, kasallik zo‘rayib ketgan.

Ayni paytda bemorning  ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, ikki tomonlama pnevoniya bilan kechmoqda. Shifokor ogohlantirganidek, koronavirus infeksisining eng yomon tomoni, pnevoniyani tez rivojlantiradi. Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan kasallikning ilk alomatlari sezilgan zahotiyoq, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlari lozimligini doimiy ravishda so‘rab keladi.

Mazkur videolavha barchamizga katta saboq bo‘lib, shunga yarasha karantin qoidalariga qat’iy rioya etish, yaqinlarimizni, ayniqsa, keksalarimizni avaylashimiz, har qadamda xushyorlikni yo‘qotmaslikni doimiy odatga aylantirishimiz zarur ekanini ko‘rsatmoqda. Aks holda, videoda aks etgan bemorning ahvoliga tushib qolmasligimizga hech kim kafolat bera olmaydi.

O‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘iligiga e’tiborsiz bo‘lmang, xushyor holda karantin qoidalariga so‘zsiz rioya etishni aslo utunmang!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring