Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizga koronavirusga chalingan bemorlar hayoti uchun muhim bo‘lgan reanimobillar keltirildi

Yurtimizga koronavirusga chalingan bemorlar hayoti uchun muhim bo‘lgan reanimobillar keltirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabariga ko‘ra, bugun yurtimizga xorijda ishlab chiqarilgan 15 ta maxsus zamonaviy reanimobillar olib kelindi. Ular yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish borasidagi ishlarni rivojlantirishga xizmat qilishi aytilmoqda.

Ta’kidlash joizki, uch oydan ko‘p vaqt davomida yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlar davolanayotgan tibbiyot muassasalari kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.

Keltirilgan yangi maxsus reanimobillar esa bemorlarni transportirovka qilish sohasidagi kamchiliklarni bartaraf qilishda muhim omil bo‘ladi.

E’tiborli jihati, ushbu reanimobillar defibrillyator, EKG va sun’iy nafas berish apparatlari, dori-darmonlar kabi kerakli vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, bemorni bir manzildan tibbiyot muassasasiga yetkazib borguncha uning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, bemorlarni tashishda tibbiyot xodimlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida reanimobillar biobokslar bilan ta’minlangan. Ushbu maxsus nasilkaning ustiga qilingan qoplamada darchalar bo‘lib, ular orqali tibbiyot xodimi bemorga bemalol muolajalar o‘tkazishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring