Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nodira Alixanova vazirlik huzuridagi Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tibbiyot fanlari doktori N.Alixanova 1992-yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlab, o‘z ish faoliyatini Endokrinologiya ilmiy tekshirish instituti klinik ordinatori sifatida boshlagan.
Keyinchalik mazkur muassasada endokrinolog-vrach, kichik ilmiy xodim, ilmiy kotib kabi qator vazifalarda mehnat qilgan.
U 2021 yildan hozirga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilmiy loyiha rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter