Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV: sog‘ayish ko‘rsatkichlari oshgan, ammo bu xotirjamlikni anglatmaydi

SSV: sog‘ayish ko‘rsatkichlari oshgan, ammo bu xotirjamlikni anglatmaydi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

So‘nggi kunlarda shifokorlarimizning matonatli sa’y-harakatlari tufayli koronavirusga chalingan bemorlarning sog‘ayish ko‘rsatkichlari oshib bormoqda. Jumladan, joriy yil avgust oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida vaziyat tahlil qilinganda mamlakatimiz bo‘ylab kasallik qayd etilishi va davolanishda bir muncha ijobiy ko‘rsatkichlarga erishilganini ko‘rish mumkin.

Jumladan, sog‘ayish ko‘rsatkichi so‘nggi 25 kun ichida 73 foizdan 94 foizgacha o‘sib, qariyb 18 ming nafar bemor tuzaldi.

— Ushbu ijobiy ko‘rsatkichlardan xotirjamlikka berilmasligimiz kerak, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Farrux Sharipov. — Tahlil etadigan bo‘lsak, oxirgi 5-6 kundagi statistikaga ko‘ra, 26 avgustdan boshlab tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 mingtagacha oshgan. Ushbu murojaatlarning o‘tkir respirator bilan bog‘liq chaqiruvlarning soni 2,2 mingdan 3,0 mingtagacha oshdi. Tana harorati oshgani sabab chaqiruvlar esa 2,5 mingdan 3,5 mingtagacha ko‘paygan.

Shu bilan birga, ambulator-poliklinika muassasalariga arterial bosimning ko‘tarilishi, ortiqcha vazn, qandli diabet kabi xastaliklar bilan murojaatlar ko‘paygan. Pnevmoniya belgilari sabab qilingan murojaatlar soni 244 nafardan 305 nafargacha oshganligi hammani yana bir bor hushyor bo‘lishga, shuningdek, karantin talablariga qat’iy amal qilishga undaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring