Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

Yangi O‘zbekiston bog‘i yaqinidagi yo‘l Mustaqillik bayramigacha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yer osti tunneli qurilishi boshlanishi munosabati bilan barcha turdagi transport vositalarining harakati quyidagi yo‘nalish bo‘yicha vaqtinchalik cheklanadi: 

Yopiladigan yo‘l qismi: CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘iga kiraverishgacha. 

Yopilish muddati: 2025-yil 13-aprel 00:00 dan 1- sentyabrgacha. 

Hokimiyat keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring