Kecha aholi orasida koronavirusga chalinganlarning yarmidan ko‘pi Toshkent shahrida qayd etilgan
![Kecha aholi orasida koronavirusga chalinganlarning yarmidan ko‘pi Toshkent shahrida qayd etilgan](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1996533505.jpg)
Toshkent shahrida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari boshqa hududlarga qaraganda hamon yuqoriligicha qolmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, 24 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 239 nafar bemordan 31 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 25 iyun kuni esa 276 nafar bemordan 24 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 17 holatda poytaxtimizda aniqlandi.
Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi yanada oshgan, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa biroz pasayganini ko‘rish mumkin.
Jumladan, Toshkent shahridagi Sergeli tumani hokimligi xodimi A.T.da (profilaktik maqsadda namuna topshirgan), «O‘zbekneftgaz» AJ xodimi A.Q.da (profilaktik tekshiruv davomida aniqlangan), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi sanaviatsiya xodimi S.U.da (koronavirusga gumon qilingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatgan) ham kasallik qayd etilgan.
Shuningdek, Uchtepa tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroda (tana harorati yuqoriligi sababli shifoxonaga murojaat qilishgan), Shayxontohur tumanida yashovchi S.Z.da hamda Olmazor tumanida yashovchi R.A.da (har ikki holatda ham tana harorati ko‘tarilganligi sababli poliklinikaga murojaat qilgan), Chilonzor tumanida yashovchi («santexnik») U.I.da koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari ko‘payganligi sababli poytaxtimiz aholisi va mehmonlarini karantin va sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter