+117: yana aholi orasida koronavirusga chalinganlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 2020-yil 9-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11564 (+117) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 42 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 15 nafari Namangan viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarda, 2 nafari Farg‘ona viloyatida, Surxondaryo va Buxoro viloyatida esa 1 nafardan aholi orasida aniqlangan.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 203 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 227 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 7287 (+227) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (63 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4226 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter