To‘rt hududda yuzga yaqin bemor koronavirusdan tuzaldi
Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 44 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, jami 97 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3482 nafar bemor sog‘aydi.
Buxoro viloyatida esa «COVID-19»dan tuzalganlarning soni 504 nafarga yetdi.
Bugungi kunda Samarqand viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 400 nafarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida esa 74 nafar bemor infeksiyadan forig‘ bo‘ldi.
Shu tariqa, bugun ayni paytgacha jami 152 nafar bemor «COVID-19»dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5834 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter