
Prezident Osiyo chempionlarini mukofotladi
Bu haqda tegishli farmon e’lon qilindi.

O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi
Garvard universitetining O‘sish laboratoriyasi Iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) natijalarini e’lon qildi. Ushbu indeks asosida mamlakatlarning texnologik murakkablik va eksport xilma-xilligi bo‘yicha reytingi tuzilgan.

Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi
Bu haqda mamlakat TIV rasmiysi M.Zaxarova ma’lum qildi.

O‘zbekiston va JST: teng raqobat sari yo‘l
So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy maydonda faol harakat qilmoqda. Mamlakatimiz global bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash, savdo-sotiqni erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish sari izchil odimlamoqda.

AQSh ayrim davlatlarga grant dasturlarini to‘xtatdi: ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor
Bu haqda DOGE departamentining X tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.

Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashdi: tafsilotlar
Yakunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning o‘n ikkinchi yig‘ilishi bayoni imzolandi.

O‘zbekistonliklarning BAA hududidagi huquqiy himoyasi kuchaytirilishi mumkin
Parlament Quyi palatasi deputatlari bugun, 15-apreldagi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 27-sentyabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston o‘smirlarining yarim finaldagi raqibi aniq bo‘ldi
KXDR chorak finalda Indoneziyani qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekiston aholisi soni har kuni o‘rtacha 1,7 ming kishiga oshmoqda
Mamlakatimiz aholisi shu yil boshidan buyon 154,6 ming kishiga ko‘paydi.

To‘qqiz viloyat aholisi ob-havo sabab ogohlantirildi
Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Osiyo kubogi-2031 mezbonligiga nomzodlar ma’lum
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2031 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi mezbonligiga ariza topshirgan nomzodlar nomini rasman ma’lum qildi

Renovatsiya – aholi soni tez o‘sib borayotgan sharoitda eng maqbul yechim
Renovatsiya — bu strukturaning yaxlitligini buzmagan holda uni yaxshilash, qayta qurish va tiklash jarayoni.

Sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi
Turnirda sport va jangovar sambo bo‘yicha erkaklar, ayollar, o‘smirlar, qizlar va kadetlar o‘rtasida jami 88 ta medal uchun kurash kechadi.

Islom sivilizatsiyasi markazi – meros va bilim targ‘ib etuvchi maskan
O‘monning “Ar-Ro‘’ya” nashri jurnalist Ibrohim Al-Hodiyning “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi: meros va bilimlarni targ‘ib qiluvchi madaniy yodgorlik” sarlavhali maqolasini chop etdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Milliy Majlisi raisini qabul qildi
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya sohasida anglashuv memorandumi imzolandi
O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida Germaniya mehnat bozoriga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb qilishga qaratilgan uch tomonlama anglashuv memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida turizm sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
Muzokaralar davomida tomonlar turizm sohasining joriy holati, hamkorlik istiqbollari va qo‘shma turizm tashabbuslarini rivojlantirish masalalarini batafsil muhokama qildilar.

AQSh savdo choralari fonida JST «o‘ldi»mi? – JST bo‘yicha maxsus vakil vaziyatni tushuntirdi
O‘zbekistonning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov AQSh prezidenti e’lon qilgan qariyb 160 ta davlatga nisbatan import bojlari fonida Jahon savdo tashkilotining kelgusi taqdiri va O‘zbekiston iqtisodiyotidagi eksportning o‘rni xususida turli gaplar tarqalayotganiga o‘z munosabatini bildirdi.

Mirziyoyev Serdar Berdimuhammedov bilan uchrashdi: asosiy tafsilotlar
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 1,1 milliard dollardan oshgan tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

AQSh joriy qilgan import bojining O‘zbekistonga ta’siri tahlil qilindi
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekiston uchun joriy qilgan 10 foizlik boji iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishini tahlil qildi.

Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy vakolatxonasi ochilyapti
O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi
FIFA mart oyidagi terma jamoalar o‘yinlaridan so‘ng yangilangan reytingini e’lon qildi.

Qirg‘iziston rahbari Samarqandga keldi
Bugun, 3-aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga yetib keldi.

Prezident Mirziyoyev YeTTB prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi
«Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitining ishbilarmonlik dasturi 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoning uchrashuvi bilan boshlandi.

Bugun Osiyo chempionati start oladi
Bugun, 3-aprel kuni Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlanadi.

O‘zbekiston diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin
Delegatsiya tarkibiga Germaniya hududiy savdo-sanoat palatalarining direktorlari, shuningdek, GP Günter Papenburg AG ta’sischi kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari rahbarlari kirdi.

Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik: Samarqand yirik tadbirga tayyor
Mamlakatimiz yana bir muhim tarixiy voqelik ostonasida turibdi. Joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti tadbirlari o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev XXR Kompartiyasidan iborat delegatsiyani qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Szyanchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekistonga eng ko‘p kelayotgan mehmonlar
Bir necha yil avval qo‘shnilar bilan chegaralarimiz deyarli yopiq, aloqalarimiz sust edi. Hatto aholi chegara ortidagi yaqinlari, qarindoshlari bilan uchrashishda muammolarga duch kelishardi. Bu yopiqlik qardoshlar o‘rtasidagi aloqalarnigina emas, balki iqtisodiy va madaniy rivojlanishni ham qiyinlashtirayotgandi.

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etdi
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi hamda uch davlat rahbarlarining Qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi.

Австрия томони билан миграция соҳасида қўшма лойиҳаларни яратишга келишиб олинди
Айни кунларда Миграция агентлиги, Ташқи ишлар ҳамда Ички ишлар вазирликлари масъулларидан иборат делегация Австриянинг қатор расмий идоралари билан учрашувлар ўтказмоқда.

O‘zbekistonlik mutaxassis o‘zbek va qozoq futbolini taqqosladi
Qozog‘istonning «Sports.kz» portali «Paxtakor» akademiyasida faoliyat olib borayotgan murabbiy Pavel Purishkin bilan suhbatlashib, O‘zbekiston va Qozog‘iston futboli, shuningdek, Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Aliyevning yaqinda bergan intervyusi haqida fikrlarini so‘radi.

Hafta yakunida dollar biroz oshadi
Markaziy bank 2025-yil 28-martdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.

Yevropa Ittifoqining bosh diplomati O‘zbekistonga kelmoqda
YeI bosh diplomati 27-mart kuni, avvalo, Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo vazirlar uchrashuvida qatnashib, unga raislik qiladi.

O‘zbekiston yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyoda ikkinchi bo‘ldi
Shu kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

27-mart kuni dollar qancha bo‘ladi?
Yevro kursi 28,25 so‘mga tushdi va 13 935,47 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 664,47 so‘m (-54,50).

O‘zbekistonning San-Marinodagi ilk elchisi mamlakat rahbarlariga ishonch yorliqlarini topshirdi
Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Eronga qarshi o‘yinda qaysi futbolchilarimiz yuqori baholandi?
O‘zbekistonlik futbolchilarning o‘yini turli platformalar tomonidan baholandi.

Eron – O‘zbekiston: o‘zaro uchrashuvlar tarixi qanday?
Ushbu bahs oldidan jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarga nazar solamiz.

O‘zbekistonliklarning xorijga eng ko‘p qanday maqsadlarda chiqqani aytildi
2025 yilning yanvar oyida jami 551,3 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Kobulda ham O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi
Bu haqda O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Nauru davlati bilan ham diplomatik aloqa o‘rnatdi
Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

«Eng ilg‘or jangchi»: o‘zbekistonlik harbiylar AQShdan g‘alaba bilan qaytdi
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kichik serjant Abdullayev Alishox va 3-darajali serjant Jovkashev Shoxruh joriy yilning 17–20 mart kunlari AQShning Missisipi shtati «Camp Shelby» harbiy-o‘quv bazasida bo‘lib o‘tgan «Eng ilg‘or jangchi–2025» musobaqasida ishtirok etishdi.

O‘zbekiston 2 oyda 4,6 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksport qildi
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 973,3 mln AQSh dollariga yoki 9,9 foizga oshgan.

O‘zbekistonga bir oyda 678,7 ming xorijlik turistik maqsadlarda kelgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 foizga oshgan.

O‘zbekiston Afg‘onistonga 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi
O‘zbekiston xalqning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida «Navro‘z» bayrami va yaqinlashib kelayotgan «Ramazon hayiti» (Iyd al-Fitr) munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuki qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengdi
Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston: yakuniy tarkiblar e’lon qilindi
Yaqin daqiqalarda JCh-2026 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘yin boshlanadi.

O‘zbekistonning baxtli mamlakatlar reytingida o‘rni e’lon qilindi
Finlyandiya o‘z aholisining baxtliligiga ko‘ra birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Kuchli beshlikka Daniya, Islandiya, Shvetsiya va Niderlandiya ham kirdi.

Toshkent metrosi poytaxtning TTZ dahasigacha uzaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Katta miqdordagi xorij valyutasining O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan «Navoiy» chegara-bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yevroittifoq bilan JSTga a’zolik yuzasidan muzokara o‘tkazdi
Joriy hafta Bryusselda O‘zbekiston tomoni Yevropa Ittifoqi bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha samarali ikki tomonlama muzokaralar olib bordi.

Yil boshidan buyon qancha egizak tug‘ilgani aytildi
2025-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYo organlarida respublika bo‘yicha jami 135 914 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi
Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi Bitimga qo‘shilyapti
Senatning beshinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi Bitimga (Ostona, 2006 yil 12 yanvar) qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Fransiyaning Orano kompaniyasi Janubiy Jongeldi uran konini o‘zlashtiradi
Fransiyaning Parij shahrida Orano Mining (Fransiya), ITOCHU Corporation (Yaponiya) va «Navoiyuran» davlat korxonasi (O‘zbekiston) o‘rtasida bitim imzolandi.

O‘zbekiston – Fransiya yillik tashqi savdo aylanmasi 1,1 mlrd dollarga yetdi
Ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 135,9 million AQSh dollariga yoki 13,6 foizga o‘sgan.

Prezident Mirziyoyev Fransiya Milliy majlisi Raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo almashinuvni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston ikki qo‘shnisi bilan chegaralarning tutash nuqtasi to‘g‘risida bitim tuzishi mumkin
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida davlat chegarasi tutash punkti to‘g‘risida shartnoma imzolanadi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Navro‘z bayramini birgalikda nishonlaydi
Bu haqda Bishkekda bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida Sadir Japarov ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Fransiya strategik sheriklik bo‘yicha deklaratsiyani imzoladi
Tomonlar bundan tashqari o‘ndan oshiq kelishuvlarga erishdilar.

Mirziyoyev Fransiyaga tashrif doirasida YuNESKO bosh direktorini qabul qildi
BMT tizimidagi ushbu nufuzli tuzilma bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, joriy yilning kuzida Samarqand shahrida tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Polshada o‘zbekistonliklarning tana a’zolarini sotgan ayol qo‘lga olindi
Qozog‘iston sudi ayolni sirtdan 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Yevropadagi ishonchli hamkor: O‘zbekiston va Fransiya munosabatlari yangi bosqichda
Bir tomonda — asrlar davomida Sharq sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan O‘zbekiston, ikkinchi tomonda — san’at, siyosat va iqtisodiy taraqqiyot markazi bo‘lgan Fransiya. Ikki davlatning o‘zaro iliq munosabatlarida yangi sahifa ochilishi kutilmoqda.

Dollar biroz pastladi, rubl anchagina qimmatladi
Markaziy bank 2025-yil 12-martdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.

O‘zbekistonda sement zavodlariga qanday ekologik talablar qo‘yiladi?
Vazirlar Mahkamasining «Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida O‘zbekistonda faoliyat yuritadigan har qanday sanoat korxonasi, xususan, sement zavodlari davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olish lozimligi alohida belgilab qo‘yilgan.

Parijda «O‘zbekiston – Fransiya» turistik forumi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida 2025 yil 10 mart kuni Turizm qo‘mitasi tomonidan Parij shahrida joylashgan «Intersontinental» mehmonxonasida O‘zbekiston-Fransiya turizm forumi va uni doirasida «O‘zbekiston - Ipak yo‘lining durdonasi» taqdimoti tashkil etildi.

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi hamda Xitoyning «JC Finance Interconnect Holdings» kompaniyasi raisi U Tinyi o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekistonliklar Rossiyadan ko‘chmas mulk sotib olishda birinchi «uchtalik»da
2024-yilda Rossiyada ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari xorijiy xaridorlar orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallagan. Norezidentlar tomonidan amalga oshirilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarning 15 foizi o‘zbekistonliklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi joriy etildi
2024-yil 16-iyul kuni imzolangan «O‘zbekiston va Turkmaniston Hukumatlari o‘rtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar to‘g‘risida»gi bayonnoma kuchga kirishi uchun zarur tartibotlarning ikki taraflama bajarilishi yakunlandi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
O‘FA murabbiylar kengashi yig‘ilishida U-23 terma jamoasi boshqaruviga nomzod murabbiylar muhokama qilindi.

O‘zbekiston ODIN reytingida «yashil» mamlakatga aylandi
Korrupsiyaga qarshi kurashdagi eng muhim qadam – bu shaffoflik va ochiqlik.

Yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan
2025-yilning yanvar oyida dunyo davlatlarining Markaziy banklari 18 tonna sof oltin xaridlarini amalga oshirgan.

O‘zbek-qozoq chegarasida 4 ta qo‘shimcha savdo yo‘laklari ochiladi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida 4 ta qo‘shimcha savdo yo‘laklari ochishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda «Temu» onlayn savdo platformasi faoliyati taqiqlanadi
Bu haqida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze O‘zbekistonga keldi
Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Eski «Jiguli», topilmagan naqd pul, «kamyob» tashxis – bugun unut bo‘lgan «dardlar» haqida
Insonlar hayotidagi o‘zgarishlar, siyosiy muloqotning faollashuvi va islohotlarning ildamlashi – bu mamlakatdagi muhim va dadil qadamlarning bo‘y ko‘rsatishidir. Farovonlik sari intilish shunchaki so‘zda emas, amalda isbotlanishi kerak. Shunda qo‘yilgan har bir qadam jamiyat uchun yaxshilik keltiradi.

O‘zbekistonliklar Afg‘onistonga 200 mln dollarlik sarmoya kiritmoqchi
Uchrashuv Islom Amirligidan O‘zbekistonga oliy darajadagi delegatsiya tashrifi yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekistonliklar dori-darmon uchun bir yilda qariyb 20 trln so‘m sarflagan
Davlat soliq qo‘mitasi dorixonalarda xaridorlarga beriladigan va o‘zida dori vositalarining MXIKlari aks ettirilgan fiskal cheklar yordamida aholining medikamentlarga qancha sarflayotganligiga doir umumlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim qildi.

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi Opera binosida Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida «Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi bilan

Niderlandiya tomoni o‘zbekistonliklarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Migratsiya agentligi vakillari va Niderlandiyaning «Eurotalent» rekruting agentligi direktori Tommi Kok o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi.

Шавкат Мирзиёев ва Шаҳбоз Шариф Ўзбекистон-Покистон бизнес форумида иштирок этди
Президент Шавкат Мирзиёев ва Покистон Ислом Республикаси Бош вазири Шаҳбоз Шариф Ўзбекистон-Покистон бизнес форумида иштирок этдилар.

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar.

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashi ta’sis etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlarining ilk uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi
Bu haqda Qirg‘iziston Bosh vazir o‘rinbosari Edil Baysalov Jenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 58-sessiyasi doirasidagi chiqishida ma’lum qilgan.

Qozog‘iston mediasi bilan hamkorlik yuzasidan kelishib olindi – Sherzod Asadov
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda media sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasi batafsil muhokama qilingan. Ikki davlatning qardosh xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilishi haqida yakdil fikr bildirildi.

Shahboz Sharif ikki kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Suhbat avvalida vazir davlatimiz rahbariga O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va maktubini yetkazdi.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatiladi
Ta’kidlanganishicha, mazkur Bitimda ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilanmoqda.

O‘zbekiston bilan Surinam o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
Shu tariqa Surinam Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 158-davlat bo‘ldi.

O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surdi
O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Ulug‘bek Lapasov Xitoy raisligida BMT Xavfsizlik kengashining ko‘p tomonlama va global boshqaruv institutlarini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlamoqda
O‘zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti (JST) masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunovning Londonga tashrifi davomida Britaniya biznes va savdo vazirining o‘rinbosari Garet Tomas, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va ekspertlar darajasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonga bir yilda 75 mingga yaqin xitoylik turist kelgan
2024-yil davomida Xitoydan O‘zbekistonga 74 304 nafar turistlar tashrif buyurgan.

Serbiya o‘zbekistonlik migrantlar uchun viza rejimini yumshatishi mumkin
O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Serbiyada muzokaralar o‘tkazdi.

Kanada, Ispaniya va Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari ish boshladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 18 fevral kuni Kanada va Ispaniyaning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

O‘zbekiston Abu-Dabida harbiy texnika va dronlarini namoyish qildi (foto)
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan dunyoning eng yirik mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi ham ishtirok etmoqda.

Prezident Mirziyoyevning Kuvaytga bo‘lgan ilk rasmiy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston yetakchisi Al-Kuvayt shahrida Amir Shayx Mish’al as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumatining a’zolari, yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

Germaniya o‘zbekistonlik malakali ishchilarni chorlamoqda
Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Xuterer Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida sakkizta hujjat imzolandi
Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh O‘zbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Shavkat Mirziyoyev va Shayx Mish’al as-Saboh keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishga kelishib oldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh 17 fevral kuni Al-Kuvayt shahridagi «Al-Bayan» saroyida tor doirada uchrashuv hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

Shavkat Mirziyoyevni Al-Kuvayt xalqaro aeroportida mamlakat Amiri kutib oldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Prezident Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Kuvaytga boradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17-18 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

O‘zbekiston bilan migratsiya bitimi ijobiy natija bera boshladi — Katrina Klaas-Myulxoyzer
DW xabariga ko‘ra, bu haqda Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi (Ost-Ausschuss der Deutschen Wirtschaft) raisi Katrina Klaas-Myulxoyzer ma’lum qilgan.

O‘zbekiston mahsulotlari uchun xorijdagi potensial bozorlar ro‘yxati ishlab chiqildi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlarining go4WorldBusiness platformasi ma’lumotlariga asosan ishlab chiqqan mazkur o‘rganishlarda O‘zbekistonda nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan mahsulotlar uchun xorijdagi potensial bozorlar ro‘yxati keltiriladi.

26 yil kutilgan oltin medal qo‘lga kiritildi
O‘zbekiston delegatsiyasi 26 yillik tanaffusdan keyin qishki Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekistonga qaytdi
5 yil davomida AQSh terma jamoasi tarkibida dona surgan grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova bundan buyon yana O‘zbekiston nomidan ishtirok etishi e’lon qilindi.

Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
O‘tgan yil may oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan davlat tashrifi va boshqa oliy darajadagi muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarni tasdiqlangan "yo‘l xaritasi"ga muvofiq amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Endi o‘zbekistonlik diplomatlar Indoneziyaga vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi
Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidovning o‘zi telegram kanalida ma’lum qildi.

Osiyo chempionati: O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi finalda
Bangladesh poytaxti Dakka shahrida amputantlar futboli bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ilk bor tashkil etilayotgan ushbu qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib bordi.

Elchi: O‘zbekiston shunchaki istiqbolli bozor emas, strategik hamkor
O‘zbekiston Qozog‘iston uchun shunchaki istiqbolli bozor emas, balki strategik hamkordir, deydi Qozog‘istonning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov.