Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar 3 oyda qariyb 7 mingta «inomarka» import qilgan

O‘zbekistonliklar 3 oyda qariyb 7 mingta «inomarka» import qilgan

O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijdan qiymati 115,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 6 950 dona yengil avtomobil import qilingan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, import avtomobillarning 75 foizi yoki 5 235 donasi Xitoy davlatidan keltirilgan.

Shuningdek, birinchi chorakda eng ko‘p yengil avtomobil import qilgan davlatlar:

  • Koreya – 1 425 dona
  • Hindiston – 144 dona
  • Yaponiya – 77 dona
  • AQSh –18 dona
  • Boshqa davlatlar – 51 dona
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring