O‘zbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Portugaliyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Parij shahrida joylashgan) Nodir G‘aniyev ushbu mamlakat Prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
«Belem» saroyida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimdan so‘ng kechgan muloqot chog‘ida Portugaliya prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollarini yuqori baholagan. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Prezident Marselu Rebelu de Souza Nodir G‘aniyevni ushbu lavozimga tayinlagani bilan tabriklab, unga Portugaliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi diplomatik faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 12-avgustda o‘rnatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter