O‘zbekiston aholisi soni har kuni o‘rtacha 1,7 ming kishiga oshmoqda

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, 2 foizga o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
2025-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 37,7 mln nafarga yetgan. Mamlakatimiz aholisi shu yil boshidan buyon 154,6 ming kishiga ko‘paydi.
O‘zbekiston aholisi 2025-yilning har bir oyida o‘rtacha 51,5 ming kishiga oshdi. 2025-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,7 ming kishiga ko‘paymoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter