Eron – O‘zbekiston: o‘zaro uchrashuvlar tarixi qanday?

Bugun, 25 mart kuni 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi 8-turi doirasida O‘zbekiston safarda Eronga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu bahs oldidan jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarga nazar solamiz.
Forslar va «oq bo‘rilar»ning ilk to‘qnashuvi o‘tgan asrga to‘g‘ri keladi. 1998-yilning 14-dekabr sanasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Eron yirik – 4:0 hisobida zafar quchgan. Shundan so‘ng jamoalar tez-tez o‘zaro to‘qnash kelgan. Bugunga qadar terma jamoalar barcha musobaqalarda 15 bor uchrashib, bu bahslarning 10 tasida forslar g‘alaba qozongan.
Qarama-qarshilik tarixida O‘zbekiston bir marta raqiblaridan ustun kelgan, qolgan 4 bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.
2012-yilning 14-noyabrida JCh 2014 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston Eron ustidan yagona g‘alabasini nishonlagan. Tehrondagi «Ozodiy» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Ulug‘bek Baqoyev yagona gol muallifiga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter