Eronga qarshi o‘yinda qaysi futbolchilarimiz yuqori baholandi?

Kecha futbol bo‘yicha jahon chempionati saralashining 3-bosqichi 8-turidan o‘rin olgan Eron – O‘zbekiston uchrashuvi 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
Uchrashuvda maydonda harakat qilgan o‘zbekistonlik futbolchilarning o‘yini turli platformalar tomonidan baholandi.
Flashscore talqiniga ko‘ra, Abbosbek Fayzullayev eng yaxshi futbolchi bo‘ldi — 7,6 ball. Eldor Shomurodov va Hojimat Erkinovga 7,4 balldan berildi.

O‘z seyvlari bilan jamoani qutqargan O‘tkir Yusupov esa 7,3 ball to‘pladi.
Yana bir portal — Sofascore esa Fayzullayevga yanada yuqori — 7,8 ball berdi. Keyingi o‘rinda esa Otabek Shukurov — 7,5 ball.

Himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatgan Umar Eshmurodov 7,3 ballga loyiq topildi.
Kecha A guruhida qayd etilgan natijalar:
Qirg‘iziston 3:1 Qatar
Eron 2:2 O‘zbekiston
KXDR 1:2 BAA
Guruhdagi vaziyat:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter