O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasiga bir ovozdan saylandi

Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Statistika komissiyasining 2026-2029-yillar uchun a’zo davlatlarini saylash jarayonida ilk marta O‘zbekiston bir ovozdan ushbu organ a’zosi etib saylandi.
Statistika komissiyasi 1947-yilda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (IIK) tomonidan funksional organ sifatida tashkil etilgan. U xalqaro statistika sohasining rivojlanishini belgilovchi asosiy hukumatlararo tashkilot bo‘lib, universal statistika standartlari va metodologik prinsiplarga oid ishlarni muvofiqlashtiradi.
Komissiya 24 ta davlatdan iborat bo‘lib, ular 4 yilda bir marta geografik taqsimotni hisobga olib saylanadi.
Statistika komissiyasiga to‘liq a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun global statistik siyosatni shakllantirishda ishtirok etish, milliy tajriba va islohotlar yutuqlarini namoyish etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter