Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Nauru davlati bilan ham diplomatik aloqa o‘rnatdi

O‘zbekiston Nauru davlati bilan ham diplomatik aloqa o‘rnatdi

Shu yilning 21-mart sanasida AQShning Nyu York shahrida O‘zbekiston va Nauru o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi hujjat imzolandi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Hujjatni ikki mamlakat hukumati nomidan O‘zbekistonning BMTdagi vakili Ulug‘bek Lapasov va Nauruning BMTdagi vakili Lara Erab Daniyel imzoladi. Ikkala tomon xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini aytishdi.

Shunday qilib, Nauru mamlakati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan 159-davlat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22-fevral kuni O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik aloqa o‘rnatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring