Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo kubogi-2031 mezbonligiga nomzodlar ma’lum

Osiyo kubogi-2031 mezbonligiga nomzodlar ma’lum

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2031-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi mezbonligiga ariza topshirgan nomzodlar nomini rasman ma’lum qildi.

Osiyo Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2031-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun yettita nomzoddan ariza kelib tushgani e’lon qilindi. OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bu tashabbuslarni turnir tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich, deya baholadi.

Qayd etilishicha, OFK 2025 yil 31 martgacha milliy terma jamoalar o‘rtasidagi qit’a birinchiligini o‘zida qabul qilish uchun quyidagi assotsiatsiyalardan arizalarni qabul qildi:

Avstraliya

Hindiston

Indoneziya

Koreya Respublikasi

Kuvayt

BAA

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi (qo‘shma ariza)

Endilikda OFK nomzod assotsiatsiyalar bilan belgilangan vaqt va talablar asosida tanlov hujjatlarini tayyorlash va topshirish jarayonini boshlaydi.

 

.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring