Islom Bahromov chorak finalga yo‘l oldi
Qochoqlar jamoasi vakili Jamol Valizoda bilan bellashgan hamyurtimiz ishonchli tarzda g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
Har bir viloyatda kurash mahorat maktablari tashkil etiladi
Mutasaddilar bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, sport va madaniy tadbirlar rejalari yuzasidan axborot berdi. Chempionatni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Bosh vazir rahbarligida tashkiliy qo‘mita tuzilishi belgilandi.
G‘olibga «Onix» avtomobili topshirildi (foto)
«Boysun bahori» xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan kurash musobaqalarining erkaklar hamda ayollar o‘rtasidagi bahslar g‘oliblari aniqlandi.
kurash: ilk marta o‘zbekistonlik qiz Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi
Aktenge Keunimjayeva Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan birinchi o‘zbekistonlik kurashchi qiz bo‘ldi.
Rossiyalik chempion «o‘zbeklashtirildi»
Rossiyalik erkin kurashchi Razambek Jamalov endilikda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Uchta oltin! Osiyo o‘yinlarida kurashchilarimiz tengsiz bo‘lishdi
Osiyo o‘yinlarida to‘rt nafar kurashchimiz O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga to‘rtta medal olib keldi, shundan uchtasi oltin!
Buxorodagi xatna to‘yida xalqaro kurash turniri o‘tkazildi (foto)
Turnirda «Damas» mashinasi, 10 bosh tuya, 10 bosh ot, 10 bosh yirik shoxli qoramol, 50 bosh mayda shoxli mol, shuningdek, 100 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari va boshqa qimmatbaho sovrinlar qo‘yildi.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasining 22 yillik bosh kotibi ishdan ketdi
IKA texnik direktori Muhammad Rizo Nassiri kelasi yilgi saylovlarga qadar IKA bosh kotibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Namanganda jahon chempionati o‘tkaziladi
Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘iga jahon chempionati o‘tadigan joylarni o‘rganish va musobaqa tashkiliy ishlari bo‘yicha bir qator topshiriqlar bergan.
kurash murabbiyidan pora olgan rahbar
Maktab direktori jinoyat ustida qo‘lga tushdi.
Surxondaryoda sovrin jamg‘armasi 100 ming dollar bo‘lgan kurash turniri o‘tkaziladi
Shu yilning 10-11 aprel kunlari Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan XV xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
Musobaqada o‘g‘il bolalar 8 ta vazn toifasida, qizlar esa 7 ta vazn toifasida kuch sinashishdi.
Xalqaro musobaqada sportchilarimiz 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Yigirmanchi marotaba tashkil etilgan turnirda 20 dan ortiq davlat kurashchilari qatnashdi.
kurash bo‘yicha Eron chempioni o‘lim jazosiga hukm qilindi
Ukalari esa 74 marta qamchi bilan savalanib, uzoq yilga qamaladigan bo‘ldi.
Bel olish kurashining bizgacha yetib kelgan amallari haqida nimalarni bilasiz?
Qadimda qo‘llanilgan kurash sport turining amallari bizgacha yetib kelgan. Ular burov, qayirma, qaytarma, chala-qaytarma, yonbosh, ilish, to‘sish, aylantirish (tegirmon), uloqtirish, chap tizzaga mindirib tashlash (betga tashlash), bosma, chayqatish (siltash), kiftlash, qo‘shala-yonbosh, to‘g‘anok. chalish atamalari va boshqa bir qancha
Salim Abduvaliyev: «Umrimda birovning haqini yemaganman» (video)
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev o‘zining yubiley 70 yoshi arafasida videointervyu berdi.
Milliy gvardiya xizmatchisiga prezident sovg‘asi – «Kobalt» berildi
Nukus shaharidagi Markaziy «Ippodrom» maydonida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan «Hosil bayrami» o‘tkazildi.
Rishod Sobirov yangi lavozimga tayinlandi
Joriy yilning 4 cyentyabrida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Davlatimiz rahbari mahoratli sportchilarni tayyorlash, iqtidorli yoshlarni topish uchun kuchli seleksiya tizimini yaratish borasida aniq ko‘rsatmalar bergan edi.
«Tourist Police» afg‘on kurashchining telefoni va braziliyalikning 2500 dollar pulini topib berdi
Surxondaryo viloyatida joriy yilning 5-6 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun «Al Hakim At-Termiziy» xotirasiga bag‘ishlangan sportning kurash turi bo‘yicha xalqaro turnirda Surxondaryo viloyatiga jami 46 ta davlatdan 200 nafardan ortiq chet ellik sportchi va mehmonlar tashrif buyurishdi.
Termizda kurash bo‘yicha musobaqa yakunlandi. Kimdir 3 ming, yana kimdir esa 10 ming dollar mukofot oldi
Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun XIV an’anaviy Al Hakim At-Termiziy xalqaro turniri boshlangani haqida xabar berilgan edi. Bugun ushbu musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘zi ishtirok etmagan konferensiyada yangi lavozimga bir ovozdan saylandi
Termiz shahrida O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etilgani haqida xabar berib o‘tgan edik. Konferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev kurash federatsiyasining raisi lavozimiga saylandi.
Prezident sovrini uchun o‘tayotgan xalqaro musobaqa ochilish marosimidan lavhalar (foto)
Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun XIV an’anaviy Al Hakim At-Termiziy xalqaro turniri boshlangani haqida xabar berib o‘tilgan edi. Musobaqaning ochilish marosimi tantanali ruhda bo‘lib o‘tdi.
Termizda Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqada qancha mukofot beriladi?
Bugun Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun XIV an’anaviy Al Hakim At-Termiziy xalqaro turniri boshlandi. Ayni vaqtda musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Elmurat Tasmuradov va Jalgasbay Berdimuratov Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida start olgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Biroz avval yunon-rim kurashida terma jamoamizning tajribali vakili Rio Olimpiadasi sovrindori
Olmaliqda prezident sovrini uchun jahon chempionati o‘tkaziladi
Chempionatga Germaniya, Isroil, Hindiston, Eron, Xitoy kabi dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan 200 ga yaqin polvonlar kelishi kutilmoqda.
Buxoroda kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqa yakunlandi
Buxoroda kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan Bahovuddin Naqshband nomidagi xalqaro musobaqa yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida ayollar o‘rtasida 63 va 78 kilogrammgacha bo‘lgan vaznlarda g‘oliblar aniqlangan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida
Buxoroda kurash bo‘yicha Prezident sovrinining dastlabki g‘oliblari aniqlandi
Buxoroda kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun hazrat Bahovuddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirga start berildi. Unda dunyoning uch qit’asining 20ga yaqin davlatidan kelgan polvonlar 7ta vaznda g‘oliblik uchun bellashmoqda.
Buxoroda xalqaro kurash turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)
Buxoro viloyati markazidagi «Buxoro» sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun hazrat Bahovuddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlangan I xalqaro turnirining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
London va Parijda kurash musobaqasi o‘tkaziladi. O‘zbekistonda kurash akademiyasi tashkil etiladi
Buxoroda o‘tkazilayotgan Bahovuddin Naqshband nomidagi musobaqa oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Komil Yusupov bir qator ma’lumotlarni berib o‘tdi.
Buxoroda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘ladi
8-10 iyun kunlari Buxoroda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Bahouddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan mazkur musobaqaga «Buxoro» sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘olibi aniqlandi: Sherali Jo‘rayevga 50 ming dollar
Poytaxtimizda kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro musobaqa g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Osiyo o‘yinlari. kurashchilarimizda yana bitta oltin va ikkita bronza!
Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbek milliy kurashi bahslari terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni keltirdi.
Osiyo o‘yinlari. kurashchilarimizda uchta oltin, bitta kumush va ikkita bronza!
Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida ilk marta o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkazilmoqda.
Osiyo o‘yinlari. Bugun medallarga boy kun bo‘lishi kerak
Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII Osiyo o‘yinlarining bugun 21 nafar o‘zbekistonlik sportchi 6 sport turib bo‘yicha bahslarda ishtirok etadi.
O‘zbek kurashini nechta mamlakatda bilishadi?
— Bugun o‘zbek xalqiga xos jo‘mardlik, jasorat, adolatparvarlik kabi insoniy fazilatlarni targ‘ib etayotgan o‘zbek kurashi jahon miqyosida keng ommalashib ulgurdi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) 1998 yili -Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, Toshkent shahri tashkilotning shtab-kvartirasi etib belgilangan.
Osiyo–Okeaniyada kurash yangi bosqichda rivojlanadi
Unga ko‘ra nufuzi jihatidan Olimpiada o‘yinlaridan keyingi o‘rinda turadigan sport bayramida Kurash bahslari 28-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.
kurash bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati Hindistonda o‘tkaziladi
Musobaqa davomida joriy yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlarida kurash bo‘yicha bellashuvlargi boshqaradigan hakamlar uchun maxsus o‘quv-seminari o‘tkaziladi. Shuningdek, 2017-yilning turli nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan shaxslarni taqdirlash marosimi tashkil etiladi.
Osiyoning eng yaxshi ayol kurashchisi O‘zbekistonga keldi
Ma’lumot uchun, Yang Hsiyen-tzu 1985-yil 19-mart kuni Xitoy Taypeyining Tyunan shahrida tug‘ilgan. 5 yoshidan gimnastika mashg‘ulotlariga qatnagan. 11 yoshidan esa maxsus sport maktabiga qabul qilingan. Kurash, dzyudo bo‘yicha bir necha marotaba mamlakat chempioni. 2005 yildan kurash bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalar ishtirokchisi. Ikki karra jahon chempioni.
Dominikan Respublikasida 23-fevral «kurash kuni» deb e’lon qilindi
Ushbu mamlakat 2015 yil Panamerika kurash konfederatsiyasiga a’zo federatsiyalar ishtirokida «Kurash oyligi» o‘tkazilishining tashabbuskori bo‘lgan.
Shuhrat Arslonov yilning eng yaxshi kurashchisi deb topildi, Komil Ro‘ziyev «kurash rivojiga qo‘shgan hissasi uchun» taqdirlandi
Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasi (KSAO) 2017 yilning eng yaxshilarini aniqladi.