Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqa yakunlandi

Buxoroda kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqa yakunlandi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoroda kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan Bahovuddin Naqshband nomidagi xalqaro musobaqa yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida ayollar o‘rtasida 63 va 78 kilogrammgacha bo‘lgan vaznlarda g‘oliblar aniqlangan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida 73 va 81 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda g‘alaba qozonganlar taqdirlandi.

Shuningdek mutlaq vaznda (100 kilogrammdan yuqori) g‘alaba qozongan kurashchiga mukofot topshirildi. E’tiborli tomoni, Hindiston, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Xitoy Taypeyi, Eron va Ozarbayjondan sportchilar qatnashgan bugungi bahslarda barcha vazn toifasida g‘oliblik hamyurtlarimizga nasib etdi.

Ayollar o‘rtasida Bozorova Shahnoza (63 kilogrammgacha) va Kamoliddinova Pokizaxon (78 kilogrammgacha) g‘olib chiqdi. Erkaklar o‘rtasida esa Sodiqov O‘rol (73 kilogrammgacha), Shomurodov Sarvar (81 kilogrammgacha) va Xisomiddinov Muhsinga (100 kilogrammdan yuqori) teng keladigan raqib topilmadi. Musobaqa g‘oliblariga 3 ming AQSh dollaridan mukofot topshirildi. Ikkinchi o‘rin sohibi 2 ming AQSh dollari olgan bo‘lsa, uchinchi o‘ringa ming AQSh dollari miqdorida mukofot berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring