G‘olibga «Onix» avtomobili topshirildi (foto)
«Boysun bahori» xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan kurash musobaqalarining erkaklar hamda ayollar o‘rtasidagi bahslar g‘oliblari aniqlandi.
G‘oliblar bilan tanishing:
+63 kg vazn toifasida (ayollar):
1-o‘rin – Ravzaxon Adashova, Toshkent shahri (5 mln so‘m);
2-o‘rin – Pokiza Kamoliddinova, Farg‘ona viloyati (3 mln so‘m);
3-o‘rin – Feruza Xurozova, Toshkent shahri (1,5 mln so‘m);
3-o‘rin – Yulduz Muhammadiyeva, Qumqo‘rg‘on tumani (1,5 mln so‘m).
+81 kg, mutlaq vazn toifasida (erkaklar):
1-o‘rin – Bekmurod Oltiboyev, Sho‘rchi tumani («Onix» avtomobili);
2-o‘rin – Muhammadkarim Xurramov, Sherobod tumani (10 mln so‘m);
3-o‘rin – Abduzohid Xusayinov, Uzun tumani (5 mln so‘m);
3-o‘rin – Jahongir Mamatrahimov, Oltinsoy tumani (5 mln so‘m).
G‘olibga bosh sovrin — «Onix» avtomashinasi kaliti, sovrindorlarga pul mukofotlari sertifikatlarini viloyat hokimining o‘rinbosarlari va mutasaddilar hamda kurash faxriylari topshirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter