Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek kurashi Islom birdamligi o‘yinlari dasturidan joy oldi

O‘zbek kurashi Islom birdamligi o‘yinlari dasturidan joy oldi

Ayni kunlarda Albaniyaning Tirana shahrida Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi (ISSA)ning Sessiyasi o‘tkazilmoqda. Sessiya doirasidagi 13-Bosh Assambleyada o‘zbek sporti uchun muhim kelishuvlardan biriga erishildi.

Unga ko‘ra, o‘zbek kurashi 2025-yil Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Islom birdamligi o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

Tadbir doirasida Xalqaro kurash assosiatsiyasi va Islom birdamligi sport assosiatsiyasi rahbariyati uchrashib, o‘zaro hamkorlikning keyingi bosqichlari haqida qator masalalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Ar-Riyod-2025 Islom birdamligi o‘yinlari kelasi yilning 7-21 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring