Osiyo o‘yinlari. Bugun medallarga boy kun bo‘lishi kerak
![Osiyo o‘yinlari. Bugun medallarga boy kun bo‘lishi kerak](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1661972515.jpg)
Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII Osiyo o‘yinlarining bugun 21 nafar o‘zbekistonlik sportchi 6 sport turib bo‘yicha bahslarda ishtirok etadi. Ayniqsa, kurashchilarimizning musobaqalarga qo‘shilishi sabab bugun medallarga boy kun bo‘lishidan umid qilsak bo‘ladi.
Yengil atletika:
- Nigina Sharipova (200m yugurish, saralash va yarim final)
- Yekaterina Voronina (ko‘pkurash: balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 200m yugurish)
- Sitora Hamidova (5000m yugurish)
Badiiy gimnastika:
- Sabina Tashkenbayeva (yakkalik, final)
- Nurinisso Usmanova (yakkalik, final)
Kurash:
(saralash va final)
- -52 kg: Gulnor Sulaymonova
- -52 kg: Oysuluv Abdumajidova
- -66 kg: Ma’ruf G‘aybulloyev
- -66 kg: Ruslan Bo‘riyev
- +90 kg: Nurbek To‘rayev
- +90 kg: Muhsin Hisomiddinov
Boks:
(chorak final)
- -52kg: Jasurbek Latipov 11:00
- -60kg: Shunqor Abdurasulov 11:45
- -69kg: Bobousmon Baturov 17:15
Ot sporti:
(Jamoaviy)
- G‘ayrat Nazarov
- Nurjan Tuyakbayev
- Umid Komilov
- Oqil Sobirjonov
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hisobidagi medallar soni ayni vaqtda 31taga (6 tasi oltin, 13 tasi kumush va 12 tasi esa bronza) yetgan va umumiy reytingda 11-o‘rin band etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter